Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Sergey Shoygu Sherali Mirzo bilan Afgʻoniston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishMinistr oboronы RF Sergey Shoygu
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2021
Biroz oldin Tojikiston Afgʻonistondan 100 ming qochqinlarni qabul qilishga tayyorligini maʼlum qilgan edi.
TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri va uning tojikistonlik hamkasabasi Sherali Mirzo telefon suhbatida tojik-afgʻon chegarasidagi vaziyatni muhokama qilishdi.
Muloqot chogʻida tomonlar tojik-afgʻon chegarasi va chegaraga yaqin hududdagi vaziyatni, paydo boʻlayotgan xavflarga qarshi birgalikda kurashish choralari hamda Afgʻoniston Islom Respublikasida vaziyat keskinlashuviga doir masalalarni muhokama qilishdi, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Tojkiston Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi rahbari oʻrinbosari Emomali Ibrohim Respublika 100 minggacha afgʻon qochqinlarini qabul qilishga tayyorligini va xalqro tashkilotlar bilan buning uchun kerakli sharoitlarni oʻrganayotganini malʼum qilgan edi.
Shungdek, 23 iyul kuni AQSH Kongressi Senati ham Afgʻonistonlik qochqinlarni joylashtirish va ularni taʼminlash maqsadida 100 mln. Dollar mablagʻ ajratishni maʼqullagani haqida habar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala