ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin

© MininnovatsiiKitayski spetsialisti pribili v Uzbekistan dlya izucheniya usloviy proizvodstva vaksini
Kitayski spetsialisti pribili v Uzbekistan dlya izucheniya usloviy proizvodstva vaksini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga olib kelingan 9,5 million doza vaksinaning aksariyatini ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi tashkil qiladi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy hammualifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini ishlab chiqarish O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Innovatsiyalar vazirligi.
Ushbu maqsadda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi taklifiga binoan Xitoyning “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi delegatsiyasi 23-iyul Toshkentga yetib keldi. Delegatsiya Xitoy kompaniyasi bosh muhandisi Vang ZiJun, Eksport bo‘limi boshlig‘i Chen Fangvu hamda Chu Yingjin va Li Jifao kabi mutaxassislardan iborat.
Tashrif davomida O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari baholanadi va ushbu borada muzokaralar olib boriladi.
Ma’lumot uchun, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi yaratish tashabbuskori va koordinatori Xitoy Fandar akademiyasidir. Vaksina dastlab Xitoya ishlab chiqarilgan va u yerda uning birinchi va ikkinchi bosqich sinovlari bo‘lib o‘tgan. Vaksinaning uchinchi bosqich sinovlarida O‘zbekiston bevosita ishtirok etgani sababli - hammuallif sifatida e’tirof etilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kun holatiga O‘zbekistonga 9,5 million doza vaksina olib kelingan va uning aksariyatini ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0