Jahongir Otajonov ishi sudga oshirildi

© Instagram / jahongir_atajanovsJaxongira Atadjanov
Jaxongira Atadjanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent IIBB Jahongir Otajonovga nisbatan ochilgan ishni sudga yubordi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Jahongir Otajonovga nisbatan ochilgan ish sudga yuborildi, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Djaxongir Atadjanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Davlat organlari xizmatchilarini haqorat qilgan Jahongir Otajanovning harakati tekshiriladi
Xabarda aytilishicha, Jahongir Otajanov Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarini haqorat qilgan videomurojaatini joylashtirib, xodimlarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan taxqirlagan. Uning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, u yuqoridagi videomurojaatida aytib o‘tgan haqoratli gaplarni jahl ustida aytganini, Respublika hukumati va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati yo‘qligini ta’kidlab, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.
Qayd etilishicha, uning qilmishida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (Haqorat qilish)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli to‘plangan hujjatlar 23-iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etildi.
Yangiliklar lentasi
0