Mirobod tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi

© Press-slujba MChS UzbekistanaPojarniy MChS
Pojarniy MChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy tom qismining 80 kv.m maydonida yong‘in hodisasi yuzaga keldi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Mirobod tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.
25 iyul kuni soat 13:48da Toshkent shahar Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy tom qismining 80 kv.m maydonida yong‘in hodisasi yuzaga keldi.
Sotrudnik MChS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
“Sho‘rtanneft” zavodida yong‘in: bir ishchi halok bo‘ldi
Voqea joyiga FVV va Toshkent shahar FVB rahbariyati vakillari chiqqan. Yong‘in-qutqaruvchilar voqea joyiga soat 14:12 da yetib borib, yong‘in soat 14:29 da o‘chirilgan. Yong‘indan tomning 620 kv.m maydoni saqlab qolingan. Ofatni bartaraf etishga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 2 ta avtonarvon jalb etilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0