O‘zbekiston: 1200dan ortiq kovid va pnevmoniya, 6 kishi vafot etdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii v gospitale dlya bolnix COVID-19
Meditsinskie rabotniki v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii v gospitale dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2021
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 731 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124 290 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 731 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124 290 nafarni tashkil qilmoqda.
Gospital dlya lecheniya bolnix COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2021
Koronavirus va pnevmoniya: O‘zbekistonda 785 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi
Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (63), Andijon viloyatida (20), Buxoro viloyatida (15), Jizzax viloyatida (91), Qashqadaryo viloyatida (16), Navoiy viloyatida (13), Namangan viloyatida (31), Samarqand viloyatida (73), Sirdaryo viloyatida (23), Surxondaryo viloyatida (79), Farg‘ona viloyatida (72), Xorazm viloyatida (28), Toshkent viloyatida (88), Toshkent shahrida (119) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 494 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 118 638 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 6 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 832 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 193,6 milliondan oshdi, 4,1 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (34,4 mln), Hindistonda (31,3 mln), Braziliyada (19,6 mln).
Yangiliklar lentasi
0