Tojik-qirg‘iz chegarasida otishma: ikki davlat rasmiylari uchrashuv o‘tkazdi

© Press-slujba GPS KirgizstanaSmotrovaya vishka na kirgizsko-tadjikskom uchastke granitse
Smotrovaya vishka na kirgizsko-tadjikskom uchastke granitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2021
Obuna bo‘lish
Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida otishma yuz berdi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Bugun Botken viloyatining Tumba hududida Qirg‘iziston va Tojikiston chegara vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati matbuot xizmatiga asosan.
Pogranichnik respubliki Kirgizstan vo vremya slujbi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Tojik-qirg‘iz chegarasida yana otishma – chegarachi halok bo‘ldi
Uchrashuvda tumanlar rahbarlari va chegaraoldi viloyatlari ichki ishlar idoralari rahbarlari ham ishtirok etishdi.

"Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Qirg‘izistondagi Qum-Mozor va Tojikistonning Somonyen (Daxma) hududlarida hech qanday ishlar amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida kelishuvga erishildi", - deyiladi xabarda.

Bunday hodisalarning oldini olish uchun tomonlarning chegara qo‘riqchilari chegaradagi xatti-harakatlar chizig‘iga qat’iy rioya qilishlari kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, Qirg‘iziston va Tojikiston ichki ishlar organlarining otradlari ushbu hududda birgalikda patrul xizmatlarini olib boradilar.
Otishma mojarosi
Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra, 24-iyul kuni Botken viloyatining Qum-Mozor hududida tojiklar qirg‘iz tomonining ruxsatisiz yer uchastkasini qumdan tozalash ishlariga kirishdilar. Voqea joyiga qirg‘iz chegarachilari, mahalliy hukumat vakillari va mahalliy aholi yetib kelishdi.
Tojikiston tomoni qirg‘iz tomonining ishni to‘xtatish talabini bajarmadi. Tojikistonliklar Qirg‘iziston fuqarosini kaltaklamoqchi bo‘lishdi. Keyin ikki mamlakat aholisi o‘rtasidagi og‘zaki janjal mushtlashuvga aylanib, bir-birlariga tosh otishdi. Shundan so‘ng, tojik chegarachilaridan Qirg‘iziston tomon o‘q otilgan. Qirg‘iziston Respublikasi chegarachilari ham Tojikiston tomon o‘q otishdi. Otishma natijasida jabrlanganlar yo‘q.
Sputnik Tojikiston ma’lum qilishicha, mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegarada yuz bergan mojaro yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Tojikiston chegara xizmatining xabar berishicha, hodisa 24-iyul kuni ertalab soat 9:30da sodir bo‘ldi. Chegaradagi uchastkada tozalash ishlari davomida Qirg‘izistonning 20 fuqarosi Tojikiston fuqarolari bilan janjalashib, ularga tosh otishni boshladilar. Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, bir nafar tojik chegarachisi yaralandi.
Ikki mamlakat chegarachilari voqea joyiga yetib kelishganidan so‘ng, Qirg‘iziston harbiylari, Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumining 4-bandi talabiga zid ravishda, imzolangan bitimlar, Kaktosh qishlog‘i aholisining noqonuniy xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, tinch aholi va tojik chegarachilariga asossiz ravishda o‘q uzishdi. Tojikiston chegarachilari javoban ularga o‘q uzishdi, deyilgan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabarida.
"1924-1927 yillardagi milliy hududiy chegaralarni belgilash to‘g‘risidagi hujjatlar va 1989-yilda komissiyasining kelishuvlariga binoan ushbu uchastka to‘liq Tojikistonga tegishli", - deb aniqlik kiritdi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.
Yangiliklar lentasi
0