Toshkent chegaralari o‘zgarishi kutilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSergeliyskiy rayon v Tashkente
Sergeliyskiy rayon v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2021
Obuna bo‘lish
Sergeli, Bektemir tumanlaridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyatiga o‘tadi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2021-yil 23-iyul qarori bilan Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hududiga Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq va O‘rtachirchiq tumanlaridan 7,8 ming gektardan ko‘proq yer maydonlari qo‘shib berilmoqda. Shu bilan birga, Sergeli va Bektemir tumanlaridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyatiga o‘tkaziladi.
Rabota v ofise - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Barcha tumanlarda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi
- Sergeli tumani tarkibiga Zangiota tumanidan 1827,1 gektar;

- Bektemir tumani tarkibiga Yuqori Chirchiq tumanidan 490 gektar va O‘rta Chirchiq tumanidan 1134,2 gektar;

- Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga Qibray tumanidan 2294,6 gektar;

- Yashnobod tumani tarkibiga Qibray tumanidan 2107,4 gektar yer maydoni qo‘shiladi.

Bundan tashqari:

- Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Zangiota tumani;

- Bektemir tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Endilikda Toshkent shahar hokimligining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga iltimosnoma kiritilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0