BMT Afg‘oniston tinch aholisi orasida qurbonlar soni rekord darajada bo‘lganini ma’lum qildi

© Sputnik / Sayed Zakeria / Mediabankka o‘tishLyudi vo vremennom lagere dlya postradavshix v rezultate boyevix deystviy, na odnoy iz ulis Kabula
Lyudi vo vremennom lagere dlya postradavshix v rezultate boyevix deystviy, na odnoy iz ulis Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondagi BMTning ko‘mak missiyasi tinch fuqarolar orasida qurbonlar soni rekord darajada bo‘lganini da’vo qilmoqda
TOShKENT, 26-iyul - Sputnik. Afg‘onistonda tinch aholi orasida qurbonlar soni 2021-yilning birinchi yarmida rekord darajaga yetdi, ayniqsa, may oyida, chet el qo‘shinlarining mamlakatdan chiqarilishi fonida zo‘ravonlik darajasi keskin ortdi, deyiladi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistondagi ko‘mak missiyasi hisobotida.
"Tinch aholi o‘rtasida qurbonlar soni 5183 kishini tashkil etdi (1659 kishi o‘ldirilgan va 3254 kishi jarohatlangan), bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 47 foizga ko‘pdir", deyiladi missiya 2021-yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha hisobotida.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Afg‘oniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak
Afg‘onistonda hukumat kuchlari va "Tolibon"* harakati jangarilari o‘rtasida kurash bormoqda. Toliblar qishloq hududlarda katta maydonlarni egallab, yirik shaharlarga hujumni kuchaytirmoqda. Afg‘onistondagi nostabillik AQSh ma’muriyatining 11-sentabrga qadar qo‘shinlarni afg‘on zaminidan chiqarishni nihoyasiga yetkazish va’dalari fonida oshib bormoqda. 2020-yilda Vashington va "Tolibon" vakillari Doxada 18-yil deganda birinchi marta tinchlik haqida bitimni imzoladilar. Bitim Afg‘onistondan 14 oy ichida chet el qo‘shinlari chiqarilishi va o‘zaro asir almashinuvidan so‘ng afg‘onlararo muloqot boshlanishini nazarda tutadi.
* Rossiya hududida ta’qiqlangan terroristik tashkilot
Yangiliklar lentasi
0