AQSh moliya vaziri defolt xavfi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnie kupuri SShA.
Denejnie kupuri SShA. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
Obuna bo‘lish
AQShning to‘lov qobiliyatiga shubha paydo bo‘lsa, obligatsiyalar foizi oshishi, dollar kursi qulashi 1930-yillardagi “Buyuk depressiyaga” teng bo‘lgan moliyaviy inqiroz kelib chiqarishi mumkin.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Amerika davlat qarzi pandemiya davrida YaIM hajmidan oshib ketdi. Moliya vazirligi defolt xavfi haqida ogohlantirmoqda. Iqtisodiy halokat sodir bo‘lmasdan oldin Kongress darhol biror chora ko‘rishi kerak. Davlat qarzini yana oshirish uchun tegishli qonun qabul qilinishi kerak, aks holda kuzda oldingi qarzlarga xizmat ko‘rsatish bilan muammolar kelib chiqishi mumkin. Lekin AQSh kreditorlari uning to‘lov qobiliyatiga shubha qila boshlasa nima bo‘ladi?

Ulkan qarz

AQSh 2008-yil iqtisodiy inqirozdan so‘ng doimiy ravishda davlat qarzini oshirib kelmoqda. Obama davrida davlat qarshi 9 trillion dollarga oshgan bo‘lsa Tramp davrida yana 7 trillionga oshdi. 2018-yilda davlat qarzi YaIMning 78%ini tashkil qilgan edi. O‘shanda Jahon banki buni xavfli deb atagan edi.
Iqtisodiy prognozlarga ko‘ra, AQSh davlat qarzi 10-yildan so‘ng YaIM hajmidan oshib ketishi kerak edi. Lekin pandemiya va uy xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlashga qilingan ulkan xarajatlar tufayli bu - ancha ilgari sodir bo‘ldi. Mustaqil ekspertlar xulosasiga ko‘ra, AQSh hukumati 2020-yilda iqtisodga salkam 9 trillion dollar pul “quyishgan”. Natijada davlat qarzi YaIMdan oshib ketdi.
Kapitoliy nakanune seremonii inauguratsii Djo Baydena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
AQSh davlat qarzi iqtisod hajmidan oshib ketdi
Mart oyining oxirida – 28 trln., YaIMning 101%ni tashkil qildi va o‘sishda davom etmoqda. Ayni damda uning miqdori – 28,5 trln. Bunday ulkan qarz AQSh tarixida faqat bir marotaba – Ikkinchi jahon urushidan so‘ng hosil bo‘lgan edi. 1946-yilda AQSh qarzi YaIMning 106%ini tashkil qilgan edi.

Cheksiz qarz

AQSh qarzi birinchi bor yuqor “chegarasiga taqalayotgani yo‘q”. 2008-yilgi inqirozdan so‘ng davlat qarzi chegarasi doimiy ravishda oshirib kelinmoqda.
2019 yilda Tramp 2021-yilning 31-iyuliga qadar davlat qarzini cheklanmagan miqdorla oshirish haqida qonun qabul qilgan edi. Iyul oxirida qarzni oshirish to‘xtatiladi. Moliya vazirligi obligatsiyalar sota olmaydi.
Lekin pandemiya xarajatlari tufayli Vashington budjetida ulkan “tuynuk” paydo bo‘lgan. 2020-yilda budjet defitsiti 3 baravarga oshib 3,1 trln. Dollarni tashkil qildi. Barcha “koronavirus” xarajatlari hisobga olingandan so‘ng summa - 4 million bo‘ladi. Qarzni qoplash uchun esa yana obligatsiya chiqarish kerak bo‘ladi.

Favqulodda choralar

Shunday qilib, Vashingtonda ikkita yo‘l bor: 31-iyulga qadar birinchisi davlat qarzi chegarasini oshirish yoki qarz olishga qo‘yilgan cheklov muddatini to‘xtatib turish. Aks holda iqtisodga “tiklab bo‘lmas” zarar yetkaziladi va mamlakatni defolt kutmoqda, deydi AQSh moliya vaziri Janet Yellen.
Schetchik gosudarstvennogo dolga SShA. 2012 god - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2017
AQSh davlat qarzi ilk bor 20 trillion dollardan oshib ketdi
Moliya vazirligi “qo‘shimcha favqulodda choralar” ko‘rishi kerak bo‘ladi, lekin davlat g‘aznasining bunday choralar qo‘llash imkoniyati jiddiy cheklangan.
“Bu yerda bir qator faktorlar tufayli, jumladan to‘lovlarni prognoz qilish va bir necha oylik hukumat tushumlarini prognoz qilish muammolari kabi jiddiy noaniqliklar bor”, - dedi vaziryu
“Lekin yangi moliyaviy yil – 1-oktabrga qadar davlat qarzi chegarasi oshirilmasa, qarzlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga putr yetkaziladi. Xususan, shu kunning o‘zida Davlat G‘aznasi xarajatlarini 150 milliard dollarga kamaytirishi kerak bo‘ladi.
Xulosa shuki, moliya vaziri davlat qarzini yana rekord darajasiga qadar oshirishga harakat qilmoqda. Lekin Konrgessda buni hamma qo‘llab-quvvatlayotgani yo‘q. Demokratlar qarz chegarasini oshirish tarafdori. Respublikachilar esa Baydendan hukumat xarajatlarni va ulkan davlat qarzini kamaytirish chorasini topishni so‘rashmoqda.

Bu yaxshilikka olib kelmaydi

AQSh, yana bir bor qarz miqdorini oshirsa kerak. Iqtisodchilar esa AQSh defoltini – dunyo tugashi bilan tenglashtirishmoqda.
“Amerikaliklar oldin hech qachon bunga yo‘q qo‘yishmas edi. Bu judla xavfli hodisa bo‘ladi”, - deydi Maykl Feroli JPMorganning AQSh bo‘icha bosh iqtisodchisi.
Faqat defolt bo‘lishi mumkin degan g‘oyaning o‘zi hams bozorlarda vahima paydo qilishi mumkin. Lekin hech narsa qilmasa G‘azna nafaqat davlat qimmatli qog‘ozlarini balkim mahalliy hukumatlar qimmatli qog‘ozdarini qmaammaham sota olmay qoladi. Ushbu choralar esa mavjud qarzlarga xizmat ko‘rsatish uchun kerak.
2011 yilda vakillar palatasi davlat qarzi miqdorini oshirishga ta’qiq qo‘yganda, Standard & Poor’s xalqaro agentligi tarixda ilk bor AQShning suveren kredit reytingini pasaytirgan edi. Shundan so‘ng fond bozori qulab tushishiga oz qolgan edi S&P 500 indeksi vakillar o‘zaro kelishib yangi qonun qabul qilganiga qadar besh kun to‘xtovsiz pastga sho‘ng‘igan edi.
Peregovori prezidenta RF V. Putina s korolem Saudovskoy Aravii S. Al-Saudom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2019
Neft-dollar tizimi bir kunda qulashi mumkin - Reuters
CNBCma’lum qilishiga ko‘ra, kreditorlarda davlatning o‘z qarzlarini qaytarish imkoniyatga shubha paydo bo‘lsa, ular Vashingtondan yanada yuqoriroq foiz talab qilishlari mumkin. Bu esa o‘z navbatida domino effektiga olib kelishi va barcha kreditlar foizi o‘sishi sodir bo‘lishi mumkin- avtokreditlardan korporativ qarzlargacha.
Ushbu hodisa hech bir jarayonga barqarorlik olib kelmaydi. “Moliyaviy inqiroz kuchayadi, ish o‘rinlari va amerikaliklarning jamg‘armalari xavf ostida qoladi. Bularning barchasi biz hali pandemiyadan so‘ng tiklanib olmagan vaqtda”, - deydi Janett Yellen.
Kreditorlar so‘ngii vaqtlarda AQSh hukumatining to‘lash qobiliyatini tobora tez-tez shubha ostiga qo‘yishmoqda. Biroz oldin amerikalik milliarderlardan biri, dunyodagi eng yirik xedj-fondi Bridgewater Associates asoschisi Rey Dalio uch karrali defitsit - budjet, savdo balansi va joriy operatsiyalar defitsiti keltirib chiqarishi mumkinligini va bu xorijiy investorlarni butunlay qo‘rqitib yuborishi va bu esa oqibatda obligatsiyalar daromadlarining oshishi va dollarning keskin qulashiga olib kelishi mumkin. Bu esa haqiqiy moliyaviy inqiroz bo‘ladi. Uning masshtabi nafaqat 2008-yildagi krizis balkim 1930-yillardagi “Buyuk depressiyaga” teng bo‘lishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0