Do‘kon sotuvchiga pichoq bilan tahdid qilib, kassadagi pulni o‘margan shaxslar qo‘lga olindi

© Sputnik / Abzal KaliyevOgrablenie
Ograblenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
Obuna bo‘lish
Do‘kon sotuvchiga pichoq bilan tahdid qilib, kassadagi pullarni o‘margan shaxslar qo‘lga olindi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Do‘kon sotuvchiga pichoq bilan tahdid qilib, kassadagi pullarni o‘margan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB.
23 iyul kuni taxminan soat 13.55 da Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 13.15 da 4 nafar noma’lum shaxslar Oltintepa ko‘chasidagi do‘konga kirib, 26 yoshli sotuvchi Xumoyun I.ga pichoq bilan tahdid qilib mobil telefon va 4.000.000 so‘m pulni olib, voqea joyini tark etishgan.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida gumonlanuvchilar muqaddam sudlangan 47 yoshli Dmitriy L., 43 yoshli Valentin N., 45 yoshli Aleksey K. va 37 yoshli Dmitriy Sh.lar ekanliklari ma’lum bo‘ldi.
Ayni vaqtda 47 yoshli Dmitriy L. va 43 yoshli Valentin N.lar qo‘lga olindi.
Qidiruvga e’lon qilingan Kamilov Aleksey Tursunbayevich va Shamov Dmitriy Vacheslavovich qo‘lga olindi.
Yangiliklar lentasi
0