Jamiyat

"Emlash majburiy boʻlishi kerak" - Oʻzbekiston bosh epidemiologi

© SS0 / Unsplash / Mat NapoVaktsinatsiya, illyustrativnoye foto
Vaktsinatsiya, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatish sohasida ishlaydigan ayrim toifadagi fuqarolar uchun majburiy emlash eʼlon qilindi. Shuningdek, ushbu toifaga savdo-sotiq, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, harbiy xizmatchilar, shifokorlar va oʻqituvchilar kiradi.
Biroq, bu hali ommaviy emlash emas, ammo mutaxassislarning fikriga koʻra, bu koronavirus infektsiyasini toʻxtatish va yengish uchun yagona imkoniyatdir.

Emlash majburiy boʻlishi kerak. Men bu haqda deyarli bir oydan beri aytaman. Bu mening Oʻzbekiston bosh epidemiologi sifatidagi pozitsiyam. Aytmoqchimanki, emlashdan tashqari biz vaziyat ustidan nazorat oʻrnatolmaymiz. Agar bizda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat qoʻshnilarimiznikiga nisbatan bir oz yaxshiroq boʻlsa, bu biz vaziyat oʻta murakkablashishini kutib oʻtirishimiz kerak degani emas

Glavnыy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik Oʻzbekiston
Nurmat Otabekov
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari
Respublikada har kuni 800 nafarga yaqin bemor aniqlanmoqda, 600 nafarida pnevmoniya, deb qoʻshimcha qildi u. Bu klinik asoratlarning yoʻqligi sababli Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtmaganlar hisobga olinmagan.
Korobki s vaktsinoy ot COVID-19 kompanii Moderna - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonga AQShdan Moderna vaktsinasi olib kelinadi
"Shuning uchun men emlash majburiy boʻlishi kerakligiga aminman", - dedi Nurmat Otabekov.
Epidemiologning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda 13 turdagi infektsiyalarga qarshi emlanmoqda, bu emlash orqali immunoprofilaktikaning samaradorligini isbotlaydi.
"Hozircha esa, afsuski, koronavirus infektsiyasi bizni boshqarmoqda. Shuning uchun faqat emlangan odamlarni ish bilan taʼminlash takliflari, fikrimcha, bu asosli va toʻgʻri chora", - deb taʼkidladi suhbatdosh.
Uning fikriga koʻra, agar kishi majburiy emlanadigan kishilar toifasiga kirsa, ammo ukol olmagan boʻlsa, u epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar ishdan chetlashtirilishi kerak. Bunday tadbirning asosiy maqsadi - hamkasblari bilan doimiy aloqada boʻlgan xodimlarni himoya qilish. Odamlar emlanish - sogʻliqni saqlash uchun zarur choralar ekanligini tushunishlari kerak. Faqatgina oʻz salomatligi va boshqalarning sogʻligʻiga masʼuliyatli munosabat pandemiyani toʻxtatishi mumkin.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi aholini majburiy emlash toʻgʻrisidagi qonun loyihasini birinchi oʻqishda maʼqulladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala