Eng yuqori antirekord: 1300 dan ortiq kovid va pnevmoniya, 6 kishi vafot etdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix s COVID-19 v GKB №52
Lechenie bolnix s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda sutka davomida 789 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 125 784 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 789 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 125 784 nafarni tashkil qilmoqda.
 Vaksinatsiya ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2021
Toshkentda o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (75), Andijon viloyatida (23), Buxoro viloyatida (16), Jizzax viloyatida (79), Qashqadaryo viloyatida (25), Navoiy viloyatida (16), Namangan viloyatida (32), Samarqand viloyatida (78), Sirdaryo viloyatida (25), Surxondaryo viloyatida (89), Farg‘ona viloyatida (72), Xorazm viloyatida (42), Toshkent viloyatida (105), Toshkent shahrida (112) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida 521 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 120 320 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.

O‘lim holatlari

6 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 845 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 194,6 milliondan oshdi, 4,1 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (34,5 mln), Hindistonda (31,4 mln), Braziliyada (19,7 mln).
Yangiliklar lentasi
0