Og‘ir kasallarning aksariyati o‘zini o‘zi davolash bilan shug‘ullanganlar – Zangiota direktori

© Fotolia / Photographee.euJenshina, stradayushaya rakom, v bolnitse
Jenshina, stradayushaya rakom, v bolnitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zini o‘zi davolash bemorlarning umumiy holatini yanada og‘irlashtirib, kasallikka qarshi kurashayotgan shifokorlarga ham katta qiyinchilik tug‘dirmoqda - Husanov.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Zangiota 1-yuqumli kasalliklar shifoxonasiga og‘ir ahvolda olib kelinayotgan bemorlarning aksariyati o‘zini-o‘zi davolash bilan shug‘ullanganlar, dedi ushbu shifoxona direktori Anvar Husanov.
“Bugungi kunda bizga juda ko‘p bemorlar og‘ir ahvolda olib kelinmoqda. Ularning aksariyati uyda, kimlarnidir tavsiyasiga ko‘ra yokin internet tarmoqlaridan qandaydir dori-darmonlar, antibiotiklar, gormonoterapiya, pulsoterapiya qilib davolanib, ming afsus, kasallikning 5-6 kunida juda og‘ir ahvolga tushib qolib bizga olib kelinmoqda”, - deydi shifokor.
Husanov aytishiga ko‘ra, bunday o‘z-o‘zini davolash bemorlarning umumiy holatini yanada og‘irlashtirib, kasallikka qarshi kurashayotgan shifokorlarga ham katta qiyinchilik tug‘dirmoqda. Shu sababli ham shifokor fuqarolardan faqat mutaxassis-shifokorlarga murojaat qilib, ularning tavsifsiga ko‘ra davolanishni so‘rab qolgan.
“Koronavirusning birinchi belgilari, isitma ko‘tarilishi, tomoq og‘rishi, tana qaqshab og‘rishi, yo‘tal alomatlari payqagan zahotiyoq – o‘z poliklinikangizga, mobil brigadalarga yoki 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib. Mutaxassislar tavsiyasini olish va belgilangan muojalarni olishingizni iltimos qilaman. O‘zingizni va yaqinlarningizni ehtiyot qiling”, - deydi Anvar Husanov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha antirekord har kuni yangilanmoqda. 26-iyul kuni yana 789 kishida koronavirus va 521 kishida pnevmoniya aniqlangan. Vafot etganlar soni 6 kishini tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0