Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekiston va Rossiya Afgʻoniston yoʻnalishida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi

© MID Uzbekistana27 iyulya 2021 goda Spetsialnыy predstavitel Prezidenta Respubliki Uzbekistan po Afganistanu Ismatulla Irgashev provel vstrechu s Chrezvыchaynыm i Polnomochnыm Poslom Rossiyskoy Federatsii Olegom Malginovыm
27 iyulya 2021 goda Spetsialnыy predstavitel Prezidenta Respubliki Uzbekistan po Afganistanu Ismatulla Irgashev provel vstrechu s Chrezvыchaynыm i Polnomochnыm Poslom Rossiyskoy Federatsii Olegom Malginovыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Rossiya elchisi Oʻzbekistonning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashdi.
TOSHKENT, 27 iyul — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rossiya Federatsiyasining mamlakatdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.
Muloqotda Afgʻonistondagi mavjud vaziyat va xalqaro hamjamiyatning saʼy-harakatlari, shuningdek, afgʻon masalasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish boʻyicha atroflicha fikr almashildi.
Afganskiye bejentsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Analitika
"Bu boshlanishi": yuz minglab afgʻon qochqinlari toliblar hujumi va AQSH bombardimoni oqibatidir
Rossiya elchisi Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni oʻrnatishda, shuningdek, mintaqaviy integratsiya jarayonlariga mazkur davlat ishtirokini taʼminlashda Oʻzbekistonning muhim rolini taʼkidladi.
O.Malginov ikki tomonlama munosabatlarni yuqori baholadi. Shuningdek, natijalari mintaqalararo aloqani mustahkamlashga xizmat qiladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferentsiyasini (2021-yil 15-16-iyul) muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabrikladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala