O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida "Sputnik V"ni ishlab chiqarish boshlanadi - Nurgaliyev

© Sputnik / Mediabankka o‘tishProizvodstvo vaksini Sputnik V
Proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston MDH hududida "Sputnika V" vaksinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan uchinchi davlat bo‘ladi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqida Xavfsizlik Kengashi kotibi o‘rinbosari Rashid Nurgaliyev xabar qildi.
Nurgaliyev “Rossiyskaya gazeta” nashriga bergan intervyusida xabar qilishicha, O‘zbekiston MDH hududida "Sputnika V" vaksinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan uchinchi davlat bo‘ladi.
“Belarus va Qozog‘istonda Rossiya texnologiyalari asosida "Sputnika V"ni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekistonda ham yaqin vaqt ichida ishlab chiqarish boshlanadi”, - dedi Nurgaliyev.
Kotib o‘rinbosari aytishiga ko‘ra, Rossiya MDH davlatlariga xavfli infeksion kasalliklar va biologik xavflar tarqalishini oldini olishda hamda tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar oqibatlarni bartaraf etishda yordam berishda davom etadi.
Proizvodstvo vaksini Sputnik V  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
"Sputnik V" vaksinasini O‘zbekistonda qaysi korxona ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi
“COVID-19 pandemiyasi ushbu masala murakkabligini va MDH bilan hamkorligimizning ustuvor jihatlariga yana bir bor urg‘u berdi. Rossiya birinchi bo‘lib aynan MDH davlatlariga testlar, tibbiy buyumlar yetkazib berdi va har tomonlama metodolrgik va tibbiy ko‘mak ko‘rsatdi”, - dedi Nurgaliyev.
MDH davlatlarida "Sputnik V"vaksinasini qo‘llash faol ketmoqda. Bugungi kunda Abxaziya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Janubiy Osetiya va O‘zbekistonda ushbu vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan va faol foydalanilmoqda.
 Vaksinatsiya ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2021
Toshkentda o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi
Bir necha kun oldin Moskva va Toshkent "Sputnika V" vaksinasini poytaxtdagi Jurabek Laboratories korxonasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganayotganliklari haqida kelishuvga erishgani haqida xabar qilingan edi.
Dushanba kuni Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Jurabek Laboratories korxonasida ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olishgani ma’lum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0