Siyosat

Siyosiy partiyalar oʻz vakillarini roʻyxatga olish jarayonini boshlamoqda - MSK

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLiderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii
Liderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishga oʻtdi.
TOSHKENT, 27 iyul - Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishga oʻtdi. Jumladan, ayni vaqtda oʻz vakolatli vakillarini roʻyxatga olishni soʻragan siyosiy partiyalar murojaatlari ustida ishlashni boshladi.
Eslatib oʻtamiz, 23 iyul kuni Oʻzbekistonda prezidenti saylovi kampaniyasiga start berilgan edi.
Jarayon Markaziy saylov komissiyasi va siyosiy partiyalar Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylovini oʻtkazish boʻyicha kalendar rejadagi tadbirlarni oʻz vaqtida hamda bosqichma-bosqich amalga oshirib borishlari zarurligini anglatadi.
Predsedatel TSIK Uzbekistana Zayniddin Nazamxodjayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Video
Oʻzbekistonda prezident saylovi kampaniyasi boshlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 34-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiya saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil tayinlashga haqli. Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, siyosiy partiya tomonidan berilgan hujjatni va tegishli saylov komissiyasining mandatini oʻz yonida olib yurishi shart”, deb koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 11 sentyabrdagi 935-sonli qarori bilan Siyosiy partiyaning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlangan.
Liderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Siyosat
Oʻzbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida
Mazkur Nizomga muvofiq esa “Markaziy saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishda ishtirok etish uchun siyosiy partiya yuqori organining rahbari saylov kampaniyasi boshlanganligi rasman eʼlon qilingan kundan boshlab besh kunlik muddatda oʻz vakolatli vakilini tayinlaydi hamda uni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Markaziy saylov komissiyasiga tegishli hujjatlarni (murojaatnoma, nomzodning pasport nusxasi, 2 dona 3x4 hajmdagi fotosurat) taqdim etadi. Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiya tomonidan tavsiya etilgan vakolatli vakil nomzodiga tegishli hujjatlarni koʻrib chiqib, uch kunlik muddatda uni roʻyxatga oladi va unga belgilangan shaklda mandat beradi”.
"Yuqoridagi talablarga asosan, siyosiy partiyalarning oʻz vakolatli vakillarini tayinlaganligi hamda ularni oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga olish va belgilangan namunadagi mandatni berish haqidagi murojaatlari Markaziy saylov komissiyasiga kelib tusha boshladi", - deyiladi MSK xabarida.
Taʼkidlanishicha, 26 iyul kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan ana shunday murojaatlar kelib tushgan.
"Saylov kampaniyasida Markaziy saylov komissiyasi va siyosiy partiya oʻrtasida muloqot olib borish, talab etilgan hujjatlarni taqdim qilishni tashkiliy ravishda tartibga solish uchun Vakolatli vakil faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Vakolatli vakil, birinchi navbatda, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyaning manfaatini ifodalaydi va uning saylov jarayonidagi ishtirokiga oid masalalarni hal qilib boradi", - deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala