AQSh harbiylari Rossiyaga yaqinroq joylashishga tayyorlanmoqda

© Foto : Public domain / DVIDS / SSgt Eunique StevensAmerikanskie voyennie vo vremya posadki na samolet na aviabaze v Kirkuke, Irak
Amerikanskie voyennie vo vremya posadki na samolet na aviabaze v Kirkuke, Irak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2021
Obuna bo‘lish
AQSh tobora Yaqin Sharqdan uzoqlashmoqda. Afg‘onistondan kontingent olib chiqildi, Iroqdagi harbiy missiya yakuniga yetmoqda.
Sofiya Melnichuk, Kseniya Melnikova. AQSh tobora Yaqin Sharqdan uzoqlashmoqda. Afg‘onistondan kontingent olib chiqildi, Iroqdagi harbiy missiya yakuniga yetmoqda. Terrorchilik mag‘lub bo‘ldi, deb ta’kidlamoqda rasmiylar. Ammo bu so‘zlar faqat siyosiy parda bo‘lib chiqishi mumkin. Hozir amerikalik askarlarni qayerga jo‘natishadi va iroqliklarni tinch hayot kutmoqdami? Bu javoblarni RIA Novosti o‘rganib chiqdi.

Ikkinchi ketish

"Iroq Yaqin Sharqda AQSh uchun juda muhim va biz uning faoliyatida butun karyeram davomida faol qatnashganmiz", - Jo Bayden Oq uyda Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kazemi bilan uchrashuvini boshladi. 2003-yilda amerikaliklar mamlakatga bostirib kirganida amaldagi prezident senator bo‘lgan edi.
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
AQSh o‘z qo‘shinlarining 95 foizini Afg‘onistondan chiqardi
Ilk bor Oq uy 2010-yilda Iroqda harbiy harakatlar tugaganini e’lon qildi. Bayden o‘sha vaqtda vitse-prezident bo‘lgan. Ammo to‘rt yil o‘tib, ID* ga qarshi "Qat’iy jur’at" operatsiyasi boshlandi.
Endi Jo Bayden mamlakatda harbiy missiya tugaganligini rasman e’lon qildi. "Iroqdagi rolimiz mavjud bo‘lishlik, mashg‘ulotlarni davom ettirish va Iroq xavfsizlik kuchlariga yordam berishdan iborat bo‘ladi", deb tushuntirdi prezident.
Boshqa tafsilotlar yo‘q. Bayden jurnalistlarning dekabrgacha qaysi qo‘shinlar Iroqda qolishi to‘g‘risida bergan savoliga ham javob bermadi. "Bu o‘sha vaqtdagi aniq vaziyatga bog‘liq", - deb aniqlik kiritishga harakat qildi Oq uy spikeri Jen Psaki.
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Markaziy Osiyoda hech kim o‘z hududida AQSh harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV
AQSh "Yaqin Sharqdagi muammolarni e’tiborsiz qoldirmasligi, balki ularni hal qilishda boshqacha yondashishi kerak", - deb ta’kidlandi Pentagonda. Mamlakatda ozgina harbiylar qoladi. Bundan buyon barcha e’tibor - "Xitoy va Rossiyadan keladigan tahdidlarga".
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Iroqda 2500 amerikalik askar joylashgan, o‘tgan yil oxirida prezident Donald Tramp kontingentni qisqartirgandi. Amerikaning yagona bazasi Ayn al-Assad - Bag‘doddan 160 km shimolda joylashgan.

O‘tmishdan qolgan xatarlar

2017 yilda ID* ustidan e’lon qilingan g‘alabaga qaramay, teraktlar davom etmoqda. O‘tgan hafta terrorchilar Bag‘doddagi bozor yaqinida avtobusda sodir etilgan portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishdi. Kamida 30 kishi halok bo‘ldi.
Amerikaliklar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan jangari bo‘linmalarga hujum qilmoqda. Mart oyida Ayn al-Assad raketalar bilan o‘qqa tutildi, bir kishi halok bo‘ldi. May oyida bazaga portlovchi moddalar bilan pilotsiz uchar qurilma hujum qildi, iyulda - yana raketalar, uch kishi yaralandi.
Uzbekistan, SShA, Pakistan i Afganistan sozdali novuyu ploshadku konsultatsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
“AQSh-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston” - yangi maslahatlashuvlar platformasi
Mustafo al-Kazemi Vashingtonga do‘stona bosh vazir hisoblanadi. U Eron bilan bog‘liq guruhlarni tinchlantirishga urindi. Shu bilan birga u yaqinda Amerika aviatsiasining Suriya chegarasi yaqinida eronparast tuzilmalarga qarshi hujumlarini Iroq suverenitetini buzilmoqda, deb qoraladi.
AQSh o‘z navbatida bosh vazirning mamlakatni tiklashdagi muvaffaqiyatlarini qayd etdi. Iyun oyida Iordaniya Qiroli Abdulla II va Misr prezidenti 1990-yillardan beri mamlakatga tashrif buyurgan birinchi Misr rahbari Abdulfattoh as-Sisi Bog‘dodga keldi.
Shuningdek, AQSh xalqaro COVAX dasturi orqali Iroqqa 500 ming doza Pfizer vaksinasini yetkazib berishni va’da qildi. Preparat yaqin ikki hafta ichida keladi, dedi Bayden. Mintaqada kasallanish darajasi oshdi, buning ustiga kasalxonalarda yong‘inlar tez-tez yuz bermoqda. Bundan tashqari, Vashington oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarini kuzatish bo‘yicha BMT missiyasi uchun - 5,2 million dollar ajratadi. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, al-Kazemida juda yaxshi imkoniyat bor.

"Siyosiy parda"

Biroq AQShning Iroqdan to‘liq chiqib ketishi haqida gap ketmayapti, deydi RIA Novosti suhbatlashgan mutaxassislar.
Vashington ushbu muhim strategik platforma uchun uzoq vaqtdan beri kurashib keladi, deydi siyosatshunos, Rossiya Xalqaro ishlar kengashining eksperti Yelena Suponina. Uning fikricha, qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risidagi bayonotlar "siyosiy parda", chunki amerikalik saylovchilarga berilgan va’dalar bajarilishi kerak.
Iroq jamoatchilik fikri ham muhim. "Mahalliy siyosatchilar Mustafo al-Kazemiga bosim o‘tkazmoqda. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat oson emas, bosh vazirning mavqeyi unchalik kuchli emas", - deydi u.
Amerikanskie voyennie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
AQSh harbiylari Afg‘onistondagi eng katta aviabazani qanday tark etdi
Yetti yil oldin, AQSh Iroqqa qaytgach, terrorizmga qarshi kurash haqiqat edi, deb eslatadi sharqshunos va publitsist Aleksey Ontikov. "Amerikaliklar ID* ustidan g‘alaba qozonishda muhim rol o‘ynadi. Albatta, ularning qo‘llagan usullari haqida savollar mavjud, masalan, Mosulda - shaharni deyarli butunlay vayron qilishdi."
Hozir Iroq hukumatining o‘zi amerikaliklardan ketishni iltimos qilishdi. "Donald Tramp Iroqdagi bazaga kelganda, AQSh elchisi deyarli Iroq bosh vaziriga u yerga borib, prezident bilan uchrashishni buyurdi. U rad etdi. Bu voqea OAVda paydo bo‘ldi, katta janjalga sababbo‘ldi", - deydi suhbatdosh RIA. Novostiga. Keyinchalik esa Bag‘dod aeroportida zarba berib Sulaymonini o‘ldirishdi. Yana Amerika qo‘shinlarini olib chiqish zarurligi haqida gapira boshlashdi".
Va shunga qaramay, AQSh harbiy xizmatchilari zudlik bilan uylariga qaytishlari ehtimoldan yiroq, deydi Sharqshunoslik markazi tadqiqotchisi Danila Krilov. "Katta ehtimol bilan bir arab davlatidan boshqasiga - Suriyaga o‘tish bilan bog‘liq nayrang bo‘ladi. Rossiya Mudofaa vazirligi Iroqdan Amerika qo‘shinlari Suriyadagi bazalarga ko‘chib o‘tganligi to‘g‘risida bir necha bor xabar bergan", - deydi ekspert.
Amerikanskie voyennie na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Hafta oxirigacha AQSh shoshilinch ravishda Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqadi
Iroqdagi shtab-kvartirasi va razvedka ma’lumotlarini yig‘ish markazlari harbiylardan diplomatik blokga o‘tkazilishi ehtimoli katta. "Amerikaliklar diplomatik immunitetdan razvedka va boshqa maxsus xizmatlar uchun foydalanishi azaldan ma’lum edi", - deb qo‘shimcha qiladi Krilov.

E’tibor - Xitoyga

Ular boshqa mintaqalarga e’tibor bermasdan, terrorizmga qarshi kurashgan vaqtda, Xitoy Uzoq Sharqda kuch to‘pladi, deb hisoblamoqda ko‘pgina amerikaliklar. Endi bu AQSh uchun asosiy tahdid va barcha kuchlar u yerga tashlanishi kerak. Bir muncha vaqtdan beri Markaziy emas, Tinch okeani harbiy qo‘mondonligi birinchi o‘rinda.
Afganskiy voyenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston: AQSh 9 ming afg‘onni vaqtincha joylashtirishni so‘ramoqda
Buyuk derjavalarning Xitoy bilan to‘qnashuvining yangi davri mantig‘i AQSh o‘z maqsadlarini qayta ko‘rib chiqishga va diqqat markazini o‘zgartirishga majbur qilmoqda, deydi IMI MGIMO qoshidagi Amerika tadqiqotlari markazi direktori Maksim Suchkov. "Yaqin Sharq uzoq vaqtdan beri Vashingtonni qiynab kelmoqda, ammo Obama va Trampning u yerda harbiy mavjudligini qandaydir tarzda optimallashtirishga urinishlari Pentagonning qarshiliklariga duch keldi" – dedi u.
Agar chiziq chizilsa, natijalar muvaffaqiyatli emasligi ko‘rinadi: amerikaliklar Iroqda mustaqil ishlaydigan mudofaa tizimini qurishga muvaffaq bo‘lmadilar. Ularning ketishi bilan tinchlik va osoyishtalik bo‘lmadi, terrorchilik xavfi yo‘qolmadi. Amerikalik instruktorlar va maslahatchilar yangi sharoitda qandayishlashini vaqt ko‘rsatadi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0