Mashhur "galochka" va bayroq ranglari: MSK prezident saylovlari logotipini taqdim etdi

© SputnikV Tashkente sostoyalas prezentatsiya logotipa prezidentskix viborov
V Tashkente sostoyalas prezentatsiya logotipa prezidentskix viborov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasini o‘tkazish davrida keng foydalaniladigan ramz taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 28-iyul - Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati 2021-yilda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarining logotipini tasdiqladi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Mazkur logotip, bugun, Markaziy saylov komissiyasi matbuot-markazi rahbari Sanjarbek Rashidov tomonidan jurnalistlarga taqdim etildi.
© Press-slujba press-sentra SIK RUzSanjarbek Rashidov
Sanjarbek Rashidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2021
Sanjarbek Rashidov
Sanjarbek Rashidov nega aynan ushbu logotip tanlangani haqida to‘xtalar ekan, avvalo saylov kampaniyasiga kirishishdan oldin har bitta davlatda uning imiji hisoblanuvchi logotip va boshqa atributlarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilishini qayd etib o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, logotipni yaratishda uch oy izlanishlar olib borilgani va mazkur maqsadlar uchun maxsus fokus guruhi tashkil etilib, uning tarkibiga mamlakat aholisining barcha qatlami: ziyolilar, ishchilar, xizmatchilar, dehqn-fermerlar, shuningdek, yoshlar, keksalar, erkaklar va ayollar, umuman olganda, hamma toifa vakillari kiritilgan.
Jumladan, fokus guruhidan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix instituti rektori Azamat Ziyo, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti rektori Nodir Sayfullayev, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi Akmal Nur, Toshkent to‘qimachilik instituti prorektori Holida Komilova, O‘zbekiston davlat belgisi korxonasi rahbari Baxtiyor Jumayev singari olimlar, san’atshunoslar, psixolog va sotsiologlar joy olgan.
Shuningdek, xalqaro ekspertlar, xorijiy davlatlar tadqiqotchilari va psixologlardan ham saylov kampaniyasi uchun mo‘ljallab tayyorlangan logotipni odamlarga ta’siri, ularni saylov kampaniyasiga jalb qila olish xususiyati to‘g‘risida fikrlar olingan.
V Tashkente sostoyalas prezentatsiya logotipa prezidentskix viborov
V Tashkente sostoyalas prezentatsiya logotipa prezidentskix viborov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2021
V Tashkente sostoyalas prezentatsiya logotipa prezidentskix viborov
Rashidovning aytishicha, saylov logotipi sifatida 16ta variant ishlab chiqilgan va yakunida hamma tomonidan ma’qullangan variant tasdiqlangan.
Logotipda saylov bo‘lib o‘tadigan kun sanasi aks etgan va O‘zbekiston davlat bayrog‘i ranglaridan foydalangan. Shuningdek, logotipda barcha uchun tanish bo‘lgan ramz - saylovlarda asosiy belgilardan biri sanalgan, xalq orasida "galochka", deyiladigan ramzdan foydalanilgan.
""Galochka"ning logotipdagi ma’nosi - qush kabi qanot qoqib yuksak samoga parvoz qilayotgan O‘zbekistondir", dedi Sanjarbek Rashidov.
Yangiliklar lentasi
0