Jamiyat

Oʻzbekiston YEOIIning "Puteshestvuyu bez COVID-19" dasturiga qoʻshildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishQR-kod
QR-kod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Bugungi kunga qadar 530 mingdan ortiq foydalanuvchilar ushbu dasturni oʻz smartfonlariga yuklayub olishgan.
TOSHKENT, 28 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston laboratoriyalari YEOII hududi amal qilayotgan "Puteshestvuyu bez COVID-19" dasturiga qoʻshildi, deb xabar qilmoqda Yevroosiyo taraqqiyot banki.
Yaʼni, bundan buyon Oʻzbekiston hududida joylashgan 87ta tibbiy tashkilotlar PZR-test natijalari YEOII davlatlari hududiga kirishda tan olinadi.

Maʼlumot uchun, "Puteshestvuyu bez COVID-19" mobil ilovasi YEOII davlatlaridan birining chegarasini kesib oʻtayotgan fuqaro koronavirusga salbiy tahlil topshirganini tezkor isbotlash vositasi hisoblanadi.

25 iyuldan boshlab Rossiya chegarasini kesib oʻtuvchi fuqarolar “Puteshestvuyu bez COVID-19” ilovasiga muvofiq salbiy PZR test topshirgan boʻlishi talab etiladi. Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻizistonda xuddi shunday talab 1 sentyabrdan boshlab joriy etiladi.
"Puteshestvuyu bez COVID-19" dasturida YEOII hududida qabul qilingan sanitar-epidemiologik normalardan tashqari verifikatsiya qilingan laboratoriyalar roʻyxati mavjud. Undan tashqari mobil ilovada PZR testlar natijalarini va QR-kodlarni saqlab qoʻyish mumkin. Bugungi kunga qadar 530 mingdan ortiq foydalanuvchilar ushbu dasturni oʻz smartfonlariga yuklayub olishgan.
Mobil ilova chegara nazorat punktlarida kirib kelayotgan shaxslarning PZR-test natijalarini tezkor tartibda tekshirish imkonini beradi. Kasallik aniqlanmagan fuqarolarda QR-kod yashil rangda boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala