Iqtisod

Oʻzbekistonning Moskvadagi savdo vakolatxonasi nima bilan shugʻullanadi?

Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Savdo vakolatxonasi rahbari lavozimi boʻyicha Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi lavozimiga tenglashtiriladi.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Moskvada Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi tashkil qilinadi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 27 iyul knui qabul qilingan qarorida aytib oʻtilgan.
Qarorda aytilishiga koʻra, Savdo vakolatxonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʻladi:
1.
Oliy darajali tashriflar yakuni boʻyicha yoʻl xaritalariga kiritilgan aniq loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini taʼminlash;
2.
Rossiyaning yirik korxonalari, investitsiya va moliya institutlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish;
3.
Rossiyada Oʻzbekistonga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini oshirish;
4.
Rossiyaga Oʻzbekiston tovar va xizmatlar eksporti hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiya qilish;
5.
Ikki mamlakat tadbirkorlari orasida hamkorlikni faollashtirish; Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, sanoat koʻrgazmalari tashkil qilish;
Qarorda, shuningdek, Vakolatxonada jami 7 kishi faoliyat yuritishi aytib oʻtilgan. Ulardan 2 nafar investitsiyalar boʻyicha menedjer, 2 nafari tashqi savdo boʻyicha menedjer, bir nafar moliya institutlari bilan ishlash menedjeri, hisobchi va rahbar boʻlishi tayinlangan.
Savdo vakolatxonasi rahbari lavozimi boʻyicha Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi lavozimiga tenglashtirilgani aytib oʻtilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala