Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Rossiya harbiylari afgʻon-tojik chegarasiga yetib kelishdi - video

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishTakticheskiye zanyatiya motostrelkovoy brigadы YUVO MO RF v Dagestane
Takticheskiye zanyatiya motostrelkovoy brigadы YUVO MO RF v Dagestane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Mashgʻulotlarda Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekistondan 1,5 mingga yaqin askar qatnashadi.
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Rossiyaning 201-harbiy bazasi boʻlinmalari uch tomonlama harbiy mashgʻulotlarida ishtirok etish uchun Harb-Maydon poligoniga yetib kelishdi, deb xabar qildi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.
Motooʻqchi, tankchilar, artilleriya, zenitchilar va harbiy muhandislar armiya aviatsiyasi vertolyotlari hamrohligida Dushanbedan 200 kilometrlik marshni bajarib, belgilangan poligonga yetib kelishdi.
Voyennoslujaщiye vo vremya sovmestnыx antiterroristicheskix ucheniy kollektivnыx sil bыstrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xalkayer v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston afgʻon chegarasi yaqinida harbiy mashq oʻtkazadi
Hozircha mashqda ishtirok etgan vertolyotlarning aniq soni haqida xabar berilmadi.
Harbiylar kolonnalarni himoyalash, shartli zaharlangan hududlardan oʻtish, razvedka guruhlari va shartli "dushman" havo hujumlarini qaytarish mashqlarini bajarishdi.
Tojikiston harbiy poligonida qoʻshinlar toʻplangan joyda, harbiy xizmatchilar qoʻmondonlik punktlari, texnikani yashirish va oʻq otish pozitsiyalar jihozlandi.
Eslatib oʻtamiz, 5 - 10 avgust kunlari Afgʻoniston chegarasi yaqinidagi Xatlon viloyati hududidagi mashgʻulotlarda Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekistondan 1,5 mingga yaqin askar qatnashadi.
300 taga yaqin qurol va harbiy texnika jalb qilinadi. Rossiya kontingentining asosini 201-harbiy bazasining boʻlinmalari tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala