Rossiya harbiylari afg‘on-tojik chegarasiga yetib kelishdi - video

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishTakticheskie zanyatiya motostrelkovoy brigadi YuVO MO RF v Dagestane
Takticheskie zanyatiya motostrelkovoy brigadi YuVO MO RF v Dagestane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2021
Obuna bo‘lish
Mashg‘ulotlarda Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondan 1,5 mingga yaqin askar qatnashadi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Rossiyaning 201-harbiy bazasi bo‘linmalari uch tomonlama harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Harb-Maydon poligoniga yetib kelishdi, deb xabar qildi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.
Motoo‘qchi, tankchilar, artilleriya, zenitchilar va harbiy muhandislar armiya aviatsiyasi vertolotlari hamrohligida Dushanbedan 200 kilometrlik marshni bajarib, belgilangan poligonga yetib kelishdi.
Voyennoslujashie vo vremya sovmestnix antiterroristicheskix ucheniy kollektivnix sil bistrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xalkayer v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston afg‘on chegarasi yaqinida harbiy mashq o‘tkazadi
Hozircha mashqda ishtirok etgan vertolotlarning aniq soni haqida xabar berilmadi.
Harbiylar kolonnalarni himoyalash, shartli zaharlangan hududlardan o‘tish, razvedka guruhlari va shartli "dushman" havo hujumlarini qaytarish mashqlarini bajarishdi.
Tojikiston harbiy poligonida qo‘shinlar to‘plangan joyda, harbiy xizmatchilar qo‘mondonlik punktlari, texnikani yashirish va o‘q otish pozitsiyalar jihozlandi.
Eslatib o‘tamiz, 5 - 10-avgust kunlari Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi Xatlon viloyati hududidagi mashg‘ulotlarda Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondan 1,5 mingga yaqin askar qatnashadi.
300 taga yaqin qurol va harbiy texnika jalb qilinadi. Rossiya kontingentining asosini 201-harbiy bazasining bo‘linmalari tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0