Analitika

Rossiya yangi “Qiyomat kuni” samolyotlarini qurmoqda: uchinchi avlodning oʻziga xosliklari

© Sputnik / Nina Zotina / Fotobankka oʻtishTyajelыe transportnыe samoletы Il-76 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedы v Moskve
Tyajelыe transportnыe samoletы Il-76 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Rossiya Mudofaa vazirligi tez orada Il-96-400M negizida uchinchi avlod havo boshqaruv punktini qabul qilib oladi. Ikkita yangi "Qiyomat kuni" samolyotlarini yigʻish "Zveno-S" loyihasi doirasida Voronej aviatsiya zavodida boshlangan.
Havo boshqaruv punkti (HBP) Oliy Bosh qoʻmondon va Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbariyatiga, hatto dushman quruqlikdagi barcha qoʻmondonlik punktlarini yoʻq qilgan taqdirda ham, global qurolli mojaro (atom urushi) paytida qoʻshinlarning barcha turlari va toifalari, strategik yadro kuchlarini ishonchli boshqarish imkonini beradi. Bunday texnologik darajadagi aviatsiya majmuasiga dunyoning ikkita davlatigina egalik qilishi mumkin – bu Rossiya Federatsiyasi va AQSH.
Poligonnыe ispыtaniya kompleksa Poseydon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2020
Analitika
Rossiya ilk bor "Qiyomat kuni torpedasi"ni uchirishga tayyorgarlik koʻrmoqda
Rossiyaning yangi havo qoʻmondonlik punkti amerikada ishlab chiqarilgan xuddi shunday punktdan shunisi bilan ajralib turadiki, u bir necha "Qiyomat kunlariga”moʻljallangan boʻlib, har qanday tajovuzkorga qasos muqarrarligini taʼminlaydi.

Agar HBP urib tushirilsa, nima boʻladi?

Eng yangi Rossiya HBPni aniqlash va yoʻq qilish murakkab ish. Yuqori avtonomlik, zamonaviy radioelektron kurash vositalari, dushman sunʼiy yoʻldoshlari va radarlari uchun koʻoʻrinmaydigan texnologiyalar, radioaktiv nurlanishdan himoya, tezlik, masofa va yuqoriga koʻtarila olish singari jihatlar HBPga yer usti, yer osti yoki suv osti qoʻmondonlik punktlariga nisbatan katta ustunlik beradi.
Shtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Dunyoda
Pentagon Rossiya bilan yadroviy urush yuz berishi ehtimoli haqida bayonot berdi
Samolyot yoqilgʻi quygan taqdirda havoda bir necha sutkalab turishi mumkin. Aytish mumkin-ki, HBPni urib tushirish eng xavfli narsa boʻlsa kerak: shunday faraziy vaziyatda, samolyot qulayotgan 2-3 daqiqa ichida Bosh shtabning tezkor guruhi oʻnlab yoki undan koʻp dushman mamlakatlarni Yer yuzidan butunlay yoʻq qilishga ulguradi.
Zamonaviy urush - bu Gollivudning jangovar filmi yoki oʻzaro zarbalaralmashinuvi emas, mojaro tomonlari jangda turli turdagi qoʻshinlardan foydalanishning barcha muhitlaridastsenariylarni moslashuvchan ravishda oʻzgartirishi mumkin. RF Qurolli Kuchlarining umumiy holati, rejalashtirish va aloqa tizimi, yadro qurolidan jangovar foydalanish algoritmlari, davlat rahbari va Oliy Bosh qoʻmondonning siyosiy irodasi bunda katta ahamiyatga ega. Uchinchi avlod HBPlarining ishlab chiqarilishi tashqi harbiy tahdidlarning jiddiyligidan dalolat beradi.
Rossiya “Qiyomat kuni” samolyotlari oʻzining mavjudligi bilanoq Pentagon va NATOdagi “qaynoq boshlarni” sovutmoqda va global qurolli mojaroni nomaʼlum uzoq muddatga chekintirmoqda.

Uchinchi jahon urushi uchun qoʻmondonlik punkti

Rossiya qoʻshinlari tobora mukammal avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, sunʼiy intellekt elementlariga ega qurollar bilan jihozlanmoqda. Strategik yadro kuchlari faol ravishda yangilanmoqda. Kosmik razvedka va aloqa vositalari rivojlanmoqda. HBP vaqt talablariga javob berishi kerak.
Il-80 - vozdushnыy komandnыy punkt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2020
Kolumnistlar
Rossiya nega “Qiyomat kuni samolyotlari”ni yangilamoqda
“Qiyomat kuni”samolyoti bortidagi radio majmuasi buyruqlar va jangovar buyruqlarni qoʻshinlarga, shu jumladan 6000 km radiusda joylashgan strategik aviatsiya ekipajlari, strategik yadroviy qurol tashuvchi-submarinalar ekipajlari, harakatlanuvchi va shaxta ishga tushirish uskunalari shaxsiy tarkibiga yetkazib berishga imkon beradi.
Uchinchi avlod HBP oʻziga xos noyob xususiyatlari bilan ajralib, bu xususiyatlar uning funktsionalligi, yashovchanligiva tejamkor energiya sarfi tufayli yanada kuchaytirilgan. Bortda RF Qurolli Kuchlarining oliy qoʻmondonlik tarkibi, Bosh shtab ofitserlarining tezkor guruhi va texnik guruh mutaxassislarining koʻp soatlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Eng asosiysi bunda – ishonchli tashuvchi sanaladi. Il-96-400 samolyoti - bu yuqori quvvat va xavfsizligi bilan mashhur boʻlgan Il-96-300ning yuk modifikatsiyasidir. Zamonaviy materiallar samolyot massasini kamaytirishga imkon bergan, buning natijasida mustahkamlik va samaradorlik zaxirasi taʼminlangan. Il-96-300 maxsus modifikatsiyalar Rossiya Federatsiyasi prezidentining №1 borti sifatida ishlatiladi va Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni vazifalarini bajarishga moslashtirilgan.
Repetitsiya Parada Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Kolumnistlar
Rossiya shimoliy hududlarini gʻayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
PS-90A1 dvigatellari va yuk koʻtarish qobiliyati oshirilgan Il-96-400 havo kemasi - barcha mavjud va istiqbolli avtomatlashtirilgan jangovar boshqaruv tizimlari bilan ishlashga qodir bort majmuasi uchun ishonchli bazadir. Fuqarolik versiyasida IL-96-400M 370 yoʻlovchini tashishga moʻljallangan. Rossiya aviasanoatining barcha mashinalari orasida Il-96 hammasidan uzoqqa uchadi, shunday boʻlsa-da, Rossiyaning chekka burchaklarida zaxira aerodromlari va tegishli infratuzilma obʼyektlari zarur.
RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi mutaxassislari keng koʻlamli harbiy mojaroning strategik (kompyuter) stssenariylari modelini tayyorlayotgan bir paytda, “Qiyomat kuni”ning bir nechta samolyotlari bazaviy aerodromda oʻz vaqt-soatini jimgina kutib turishibdi. Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan havo boshqaruv punkti Il-86 samolyoti negizida yaratilgan va Il-80 deb nomlangan. Bu singari ikkinchi avlod tizimlaridan toʻrtta qurilgan. Uchinchi avlod HBPni qurish toʻgʻrisidagi qaror ikkinchi avlod tizimlarini modernizatsiyalash vaqti – 2019 yilda qabul qilingan edi.

Amerikadagi oʻxshash samolyotlar

AQSH Harbiy-havo kuchlari AQShning oliy darajadagi rahbariyati uchun toʻrtta zamonaviy qoʻmondonlik punktlariga ega. Bu qoʻmondonlik punktlari uzoqmagistral keng korpusli Boeing 747-200 yoʻlovchi samolyotlari negizida yaratilgan. Mashinalar mabodo yer ustidagi boshqarish tizimlari yadro urushi natijasida vayron boʻlsa, tegishli maqsadlar uchun ishlatiladi.
Kompleks PRO THAAD   - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
Kolumnistlar
AQSH harbiy bazalari himoyasiz deb tan olindi
Boeing 747-200 fuqarolik versiyasida 374,8 tonna maksimal koʻtarilish vazniga, soatiga 895 km tezlikka, 13750 metrgacha koʻtarilish nuqtasiga, 10670 km parvoz masofasiga ega. Yoʻlovchi oʻrindiqlari soni - 490. Boeing 747-200F yuk tashish boʻlinmasida113 tonnagacha yuklarni tashiy oladi.
Amerika majmualarining texnologik imkoniyatlarini bir nechta misollar yordamida baholash mumkin.
Boeing C-32 bazasida joylashgan AQSH strategik boshqaruvzamonaviy havo punkti yer usti infratuzilmasi mavjud boʻlmaganda yoki dushman tomonidan yer usti boshqaruv punktlari, uzellar va aloqa liniyalari nishonga olinib, yoʻq qilinganda qoʻshinlarni tezkor joylashtirish paytida turli xil vazifalarni hal qilishga moʻljallangan. Shuningdek, favqulodda holatlarda harakatlanish boʻyicha federal agentlik - FEMA mobil boshqaruv punktlari sifatida ham foydalanilishi mumkin.
Prezentatsiya novogo voyennogo samoleta Checkmate na MAKS-2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Foto
Shoh va mot: Rossiya yangi qiruvchini namoyish qildi
S-32Ada eng soʻnggi uskunalar, navigatsiya tizimi va aloqa vositalari oʻrnatilgan. Yoʻlovchilar kabinasi bir nechta boʻlimlarga boʻlingan: oliy harbiy rahbariyat uchun ish kabineti, majlislar xonalari, tezkor guruh xonasi, aloqa uzeliva dam olish xonasi (ehtimol barcha HBPlari shu kabi boʻlimlar komponovkasiga ega).
Birinchi samolyot 1998 yil 19 iyunida Sietldagi Boeingzavodida chiqarilgan. Hammasi boʻlib toʻrtta samolyot ishlab chiqarilgan va ularning har biri tezkor-strategik qoʻmondonlik havo qoʻmondonligi punktiva “Minitmen” mintaqalararo ballistik raketalarni ishga tushirish boshqaruv punkti funktsiyalarini bajarishga qodir.
E-6B Mercury samolyoti General Electric tomonidan ishlab chiqarilgan toʻrtta F108-CF-100 turboaktiv dvigatellarga ega Boeing 707-320 bazasida yaratilgan. Samolyotning maksimal uchish massasi - 155 tonna. Parvoz tezligi – 12000 m balandlikda saotiga 972 kilometrgacha. Koʻtarilish choʻqqisi – 12 810 m. Jangovar navbatchilikni olib borayotgan vaqtda havoda yoqilgʻi quymagan holatda parvoz masofasi 12 400 km.ni tashkil etadi. Yoqilgʻi quyish bilan maksimal parvoz vaqti 72 soat. Samolyotning parvoz ekipaji 14 kishidan, bortdagi tezkor-strategik qoʻmondonlik shtabi - sakkizta mutaxassisdan iborat.
Minoboronы opublikovalo video ispыtaniy raketы Sarmat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2020
Putin: dunyoda qurollanish poygasi boshlangan, Rossiya unga qoʻshilmaydi
AQShda birinchi havo qoʻmondonlik punktlari 1965 yilda paydo boʻlgan va bu maxsus vositalar bilan jihozlangan KS-135A zapravkachi-samolyotlari edi. Ular AQSH qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni samolyoti rolini oʻynagan va to ularning oʻrniga uchta E-4A “Boing”lari kelmaguniga qadar Endryus aviabazasi (Merilend shtati)dan harakat qilgan. Yevropa va Tinch okeani harby harakatlar teatrlari uchun alohida variantlar mavjud edi.

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi yuqori texnologiyalar boʻyicha strategik poyga davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala