Jamiyat

“Tonirovka”ga oid hukumat qarori qabul qilindi

CC0 / pixabay / Tonirovannoye steklo avtomobilya
Tonirovannoye steklo avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
“Tonirovka”ga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati faqat my.gov.uz orqali koʻrsatiladi
TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021 yil 1 oktyabrdan avtotransportlar oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati faqat Yagona inreraktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali koʻrsatiladi.
Qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga koʻra, avtotransportlar oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlari avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Reyd skrыtыx patruley DPS v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Jamiyat
“Tonirovka” narxini pasaytirish rejalashtirilmoqda
Avtotransport orqa oynasining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish), shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan koʻp boʻlmagan polosa shaklida yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi.
Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma uchun toʻlov 10 kun muddatda amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma avval berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatigacha qayta rasmiylashtiriladi.
YAIDXP orqali ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov undirilmaydi.
Estalib oʻtamiz, iyun oyi oʻrtasida tonirovka narxini pasaytirish yuzasidan deputatlik soʻrovi 2-3 xil taklif bilan IIVga yuborilgani haqida deputat Doniyor Gʻaniyev maʼlum qilgandi. Keyinchalik deputat yana yoz mavsumida tonirovkani bepul qilish haqida post yozgandi.
IIV ushbu soʻrovga aniq javob bermagan, biroq tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan Prezident administratsiyasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqilgan va bu loyihaga vazirlik oʻz takliflarini bildirilgan.
Hozirgi kunda avtomobillarning orqa yon oynalari tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasi narxi jismoniy shaxslar uchun 5 BHM (1 225 000 soʻm) etib belgilangan. Ham orqa, ham old yon oynalar tonirovkasi uchun esa 50 BHM (12 250 000 soʻm) narx saqlanib qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala