Jamiyat

UzAuto navbatni sotishni biznesga aylantirgan shaxslarni aniqladi

© UzAutoAvtomobili UzAuto Motors
Avtomobili UzAuto Motors - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Navbat sotish va sunʼiy navbat hosil qilishning oldini olish maqsadida UzAuto savdo maʼlumotlar bazasini DYHXX bazasi bilan sinxronlashtirishni taklif qildi.
TOSHKENT, 28 iyul - Sputnik. Avtomobillar ishlab chiqarishda sodir boʻlayotgan ayrim muammolar tufayli xaridorlar shartnoma imzolaganidan soʻng turli muddat navbatga turishga majbur boʻlishmoqda. Ayrim shaxslar ushbu holatni biznesga aylantirib olishgan, deb xabar qilmoqda "UzAuto Motors" kompaniyasi.
Vaziyat oʻrganilganda bir shaxs tomonidan avtomobillarni sotib olish uchun 10, 20 va hattoki, 200 ta kelishuv shartnomalarining tuzilganlik holatlari aniqlandi.
Ushbu munosabat bilan "UzAuto Motors" yangi avtomobillarni sotib olishda savdo maʼlumotlar bazasini DYHXX yangi avtomobillarni roʻyxatdan oʻtkazish bazasi bilan sinxronlashtirish tashabbusi bilan chiqdi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi koʻmagidagi hamkorlikni oʻzida aks ettirgan ushbu loyiha oʻsha noqonuniy boyish tizimi paydo boʻlishining oldini oladi va avtomobilni olishda navbatni berishning imkonsizligini taʼminlaydi, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala