Yana antirekord - bir sutkada aniqlangan bemorlar soni 1400ga yaqinlashdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishAptechka
Aptechka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2021
Obuna bo‘lish
So‘nggi bir sutka davomida O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari 843 nafarga, pnevmoniyaga chalinganlar soni esa 556 nafarga yetdi.
TOShKENT, 28-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi sutka davomida yana antirekord qayd etildi. 27-iyul kuni koronavirus aniqlanganlar soni 843 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 556 nafarga yetdi, 8 nafar bemor vafot etdi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Shunday qilib O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 126627 (+843) nafarni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalingan bemorlardan 8 nafari vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 853 nafarni tashkil qildi.
Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi Toshkent shahrida, Toshkent, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax va Qoraqalpog‘iston Respublikalarida qayd etilgan.
80 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
21 nafari Andijon viloyatida,
21 nafari Buxoro viloyatida,
89 nafari Jizzax viloyatida,
24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
18 nafari Navoiy viloyatida,
31 nafari Namangan viloyatida,
85 nafari Samarqand viloyatida,
27 nafari Sirdaryo viloyatida,
95 nafari Surxondaryo viloyatida,
75 nafari Farg‘ona viloyatida,
56 nafari Xorazm viloyatida,
98 nafari Toshkent viloyatida,
123 nafari Toshkent shahrida.
123 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Undan tashqari, kecha kun davomida 556 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Pnevmoniya holatlarining aksariyati Toshkent shahri (125), Samarqand (158), Surxondaryo (96), Jizzax (95) viloyati, Qoraqalpog‘irston Respublikasi (75) va boshqa viloyatlarda aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0