Tseremoniya otkrыtiya XXXII letnix Olimpiyskix igr - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
23 iyuldan 8 avgustga qadar Tokioda Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Unda 71 sportchidan iborat Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.

MOQ mutasaddilari boks hakamlari faoliyatiga norozilik bildirishdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye Olimpiyskogo komiteta Uzbekistana
Zdaniye Olimpiyskogo komiteta Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Oʻz ishiga noprofessional yondashgan hakamlar Olimpiya oʻyinlaridan chetlatiladi, lekin bahs natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi.
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Milliy Olimpiada qoʻmitasi mutasaddilari Tokioda Olimpiya oʻyinlarida boks musobaqalarini oʻtkazishga masʼul boʻlgan Morinari Vatanabe bilan uchrashishdi.
Uchrashuv davomida boks bellashuvlarning ayrim bahslari yuzasidan eʼlon qilingan hakamlar qarorlari keng ommaning noroziligiga sabab boʻlayotgani maʼlum qilindi.
Boks musobaqalariga hayʼatlik qiluvchi maxsus komissiya taʼkidlashiga koʻra, har bir bellashuvda 5 nafar hakamdan tashqari alohida 2 maxsus vakil orqali referilarning qarori nazorat qilib boriladi. Bahs yakunida eʼlon qilingan qaror qayta koʻrib chiqilmaydi.
Janglarda shubhali holatlar alohida oʻrganib boriladi va oʻz ishiga noprofessional yondashgan hakamlar Olimpiya oʻyinlaridan chetlatilish va uyiga joʻnatib yuborilishi belgilab qoʻyilgan.
Eslatib oʻtamiz, ushbu Olimpiya oʻyinlarida boks bahslarini oʻtkazish Xalqaro bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA) emas, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) tomonidan tuzilgan maxsus komissiyaga topshirilgan. Unga esa Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti, yaponiyalik Morinari Vatanabe rahbarlik qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala