Iqtisod

Olmaliqda mis sanoati klasteri yaratiladi – prezident

© Ramiz BaxtiyarovTseremoniya zakladki kapsulы pri stroitelstve medno-obogatitelnoy fabriki v Almalыke
Tseremoniya zakladki kapsulы pri stroitelstve medno-obogatitelnoy fabriki v Almalыke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Olmaliqda mis sanoatiga turdosh tarmoqlar - elektrotexnika, mashinasozlik, metall qotishmalar va turli metall mahsulotlari sanoati klasteri yaratiladi.
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Olmaliqda qurilishi boshlanayotgan yangi mis boyitish fabrikasining ochilish marosimida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu konda qazib olinayotgan mis rudasini tayyor mahsulotga aylantirish muhimligi haqida toʻxtalib oʻtdi.
"Rangli metallarni qayta ishlash zanjirlarini “xom-ashyodan – tayyor mahsulotgacha” degan tamoyil asosida rivojlantirishimiz zarur.
Ushbu yoʻnalishda mis sanoati va unga turdosh tarmoqlar, yaʼni, elektrotexnika, mashinasozlik, metall qotishmalar va turli metall mahsulotlari sanoatining integratsiyalashuvi, xususiy sektor bilan hamkorlik asosida amalga oshiriladi”, - dedi prezident.
© Ramiz BaxtiyarovTseremoniya zakladki kapsulы pri stroitelstve medno-obogatitelnoy fabriki v Almalыke
Tseremoniya zakladki kapsulы pri stroitelstve medno-obogatitelnoy fabriki v Almalыke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Tseremoniya zakladki kapsulы pri stroitelstve medno-obogatitelnoy fabriki v Almalыke
Shavkat MIrziyoyev aytishiga koʻra, ushbu maqsadda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazlari tashkil etiladi, yetakchi xorijiy kompaniyalar, jalb etiladi va eng asosiysi - mahalliy kadrlar tayyorlanadi.
“Barcha darajadagi kadrlar – muhandislar, ximik-texnologlar, operatorlar, mashinistlar va boshqa texnik xodimlarni tayyorlash boʻyicha ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy bogʻlangan, yagona tizimni yaratishimiz lozim.
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, mis ishlab chiqarishda bitta ish oʻrnini tashkil etish boshqa tarmoqlarda eng kamida uchtadan ish oʻrnini yaratishga olib keladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tseremoniya zakladki kapsulы pri stroitelstve medno-obogatitelnoy fabriki v Almalыke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Iqtisod
Olmaliqda dunyodagi eng yirik oltin va mis zahiralari joylashgan - prezident
Bu borada rossiyalik rossiyalik hamkorlar bilan Olmaliq shahrida "MISiS" (Moskva pulat va qotishmalar instituti), MDU bilan hamkorlikda Geologiya universiteti tashkil etiladi.
Undan tashqari Italiyaning Piza universiteti bilan ham hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.
“Bir soʻz bilan aytganda, sanoat klasterlarining tashkil etilishi ushbu tarmoqda ishlab chiqarish hajmini kamida 12 milliard dollargacha oshirish imkonini beradi", - deb soʻzini yakunladi prezident.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader