Hodisalar

Qozogʻistonda ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan avtomobil YTHga uchradi

© Press-slujba departamenta politsii Aktubinskoy oblastiAvariya v Aktube s uchastiyem uzbekistantsev
Avariya v Aktube s uchastiyem uzbekistantsev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Avariya "Samara — Shыmkent" yoʻlining 996-kilometri Aqtobe viloyati Karabutak qishlogʻi yaqinidan oʻtgan qismida sodir boʻldi.
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Qozogʻistonda, ichida 8-nafar Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan yengil avtomobil avariyaga uchradi, deb xabar qilmoqda, nur.kz nashri.
Xabarda aytilishiga koʻra, avariya "Samara — Shыmkent" yoʻlining 996-kilometri Aqtobe viloyati Karabutak qishlogʻi yaqinidan oʻtgan qismida sodir boʻlgan. Oʻtkazilgan tekshiruv natijasida maʼlum boʻlishicha, rulda 36-yoshli Qozogʻiston fuqarosi boʻlgan va u boshqaruvni eplay olmagani tufayli YTH sodir boʻlgan.
Oqibatda haydovchi va Oʻzbekiston fuqarolari tan jarohatlari olishgan va ularning barchasi shifoxonaga joylashtirilgan.
Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻiston hududiga Turkiston viloyatidagi "Jibek Jolы" chegara nazorat punkti orqali oʻtib kelishgan va Otirau viloyatiga ishlashga yoʻl olishgan.
Voqea yuzsidan sudgacha tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala