RF va O‘zbekistonning yirik loyihasi: 3-mis boyitish fabrikasiga tamal toshi qanday qo‘yildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo‘yilishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi
Loyiha "VEB.RF" ko‘magida Gazprombank tomonidan moliyalashtirilmoqda. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini rivojlantirish uchun jami 7 milliard dollar yo‘naltiriladi.
"Bu ulug‘vor rejalar – tom ma’noda inqilobiy qadam, desak, to‘g‘ri bo‘ladi", - dedi O‘zbekiston rahbari.
“Yoshlik-1” koni negizida qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasi shu boradagi ulkan qadamlardan biridir. Qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan ushbu korxona birinchi bosqichda yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash imkonini beradi.
Ikkinchi bosqichda quvvat 160 million tonnaga yetadi yoki bugungi ko‘rsatkichdan 3 barobarga ko‘payadi. Ushbu ikki bosqich amalga oshirilishi natijasida korxona 2028-yilga borib yiliga 400 ming tonna mis, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.
Shu tariqa Olmaliq kombinati tog‘-kon metallurgiyasi sohasida dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi.
Kelgusida kombinat ishlab chiqaradigan mahsulotlar hajmi 3-martadan ziyod ko‘payib, uning qiymati hozirgi 2,5 milliard dollardan qariyb 8 milliard dollarga yetadi. 11 mingta yangi, yuqori texnologik ishchi o‘rinlari yaratiladi.
Uskunalar va butlovchi qismlarning salmoqli qismi Rossiya Federatsiyasi korxonalari - soha yetakchilari tomonidan yetkazib beriladi. Kutilishicha, yangi zavod uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan 1 milliard dollarlik dastgohlar va agregatlar sotib olinadi. Olmaliqdagi zavod qurilishi uchun Rossiyaning yetakchi Enter Engineering konsorsiumi va Gazprombankning "Uralmashzavod"i bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.
O‘zbekiston-Rossiya eng yirik qo‘shma korxonalaridan birida tamal toshi qo‘yish marosimi qanday bo‘lib o‘tganini Sputnik sujetida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0