Sport

Shomurodov "Roma"ga oʻtdi

© AP / Stefano NicoliEldor Shomurodov
Eldor Shomurodov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
A-seriyadan muhim xabar - Shomurodov Italiyaning yetakchi klublaridan biriga oʻtdi.
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Italiyaning "Roma" futbol klubi oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovni 5 yilga 16 mln. yevroga ijaraga oldi, deb xabar qilmoqda, taniqli sport jurnalisti Nikolo Skira.

Xabarda aytilishiga koʻra, "Jenoa" va "Roma" oʻrtasidagi shartnoma 2026 yilgacha imzolangan. Yana bir insayder Fabritsio Romano xabar qilishiga koʻra, shartnoma yakuniy miqdori 18 mln. Yevroni tashkil qilgan. "Roma" Shomurodovni yana boshqa jamoaga sotgan taqdirda "Jenoa" ushbu bitimdan ham foiz oladi.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Jenoa bosh treneri Davide Ballardini Eldor Shomurodovni sotishni taʼqiqlab qoʻygan edi. Eldor Shomurodov Jenoa tarkibida oʻtgan mavsumda 8ta gol va bitta natijali uzatma berdi.
1927 yilda tashkil qilingan "Roma" Italiyaning yetakchi professional klublaridan biri hisoblanadi. Soʻnggi 20 yilda "Roma" A-seriyada 1 marotaba oltin, 8 marotaba kumush va 2 marotaba bronza medal sohibi boʻlgan. Turli reytinglar boʻyicha "Roma" italiyaning eng kuchli (top) futbol jamoalari orasida 5-oʻrinda, "Jenoa" - 15 oʻrinda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala