Shomurodov "Roma"ga o‘tdi

© AP / Stefano NicoliEldor Shomurodov
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2021
Obuna bo‘lish
A-seriyadan muhim xabar - Shomurodov Italiyaning yetakchi klublaridan biriga o‘tdi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Italiyaning "Roma" futbol klubi o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovni 5-yilga 16 mln. yevroga ijaraga oldi, deb xabar qilmoqda, taniqli sport jurnalisti Nikolo Skira.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, "Jenoa" va "Roma" o‘rtasidagi shartnoma 2026-yilgacha imzolangan. Yana bir insayder Fabritsio Romano xabar qilishiga ko‘ra, shartnoma yakuniy miqdori 18 mln. Yevroni tashkil qilgan. "Roma" Shomurodovni yana boshqa jamoaga sotgan taqdirda "Jenoa" ushbu bitimdan ham foiz oladi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Jenoa bosh treneri Davide Ballardini Eldor Shomurodovni sotishni ta’qiqlab qo‘ygan edi. Eldor Shomurodov Jenoa tarkibida o‘tgan mavsumda 8ta gol va bitta natijali uzatma berdi.
1927 yilda tashkil qilingan "Roma" Italiyaning yetakchi professional klublaridan biri hisoblanadi. So‘nggi 20-yilda "Roma" A-seriyada 1 marotaba oltin, 8 marotaba kumush va 2 marotaba bronza medal sohibi bo‘lgan. Turli reytinglar bo‘yicha "Roma" italiyaning eng kuchli (top) futbol jamoalari orasida 5-o‘rinda, "Jenoa" - 15 o‘rinda.
Yangiliklar lentasi
0