Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Tojikiston afgʻon qochoqlari uchun lager qurmoqda

© Sputnik / Alexandro Martinez Velez / Fotobankka oʻtishLager dlya bejentsev
Lager dlya bejentsev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Tojikiston afgʻon qochoqlari uchun lager qurmoqda.
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Tojikiston afgʻon qochoqlari uchun lager qurmoqda
Xatlon viloyatining Jaxun tumanida lager maydoni 2,24 gektarni tashkil qiladi.
Mahalliy amaldor maʼlum qilishicha, lager viloyat va respublika byudjetlari, shuningdek boshqa manbalar hisobidan quriladi.
Afganskiye bejentsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Tojikiston Afgʻonistondan 100 ming qochoqni qabul qilishga tayyor
Bundan oldin Tojikiston Favqulodda vaziyatlar Qoʻmitasi rahbari oʻrinbosari Emomali Ibroximzoda mamlakat 100 mingta qochoqni qabul qilishga tayyor ekanligini maʼlum qilgandi.
“Afgʻoniston chegarasi yaqinida joylashgan Tojikiston mudofaa vazirligi poligonlarida bugungi kunda Afgʻonistondan 100 minggacha qochqinlarni qabul qilish va joylashtirish mumkin”, - dedi Ibrohimzoda.
FVQ raisi oʻrinbosari aytishiga koʻra, yaqin vaqt ichida Tojikiston janubidagi Xatlon viloyati Kushoniyon tumani hududida va Togʻli-Badaxshon maʼmuriy markazi Xorog shahrida ikkita maxsus omborxona foydalanishga topshiriladi. U yerda afgʻon qochqinlari uchun chodirlar, koʻrpa-toʻshak, gigiyena vositalari va oziq-ovqatlar saqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala