Jamiyat

Toshkentda bedarak yoʻqolgan 3 kishi qidirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Toshkentda bedarak yoʻqolgan 3 kishi qidirilmoqda – Toshkent IIBB matbuot xizmati.
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Toshkentda bedarak yoʻqolgan 3 kishi qidirilmoqda, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
1966 yilda tugʻilgan Gilazitdinov Renat Xamzayevich 15 iyun kuni Sergeli tumani, Quyitolariq koʻchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: boʻyi 160 sm, toʻlachadan kelgan, sochi qora.
Egnida: toʻq koʻk rangli futbolka, qora rangli shim va qora rangli krossovka boʻlgan.
1944 yilda tugʻilgan Xudoba Vladimir 24 iyul kuni Chilonzor tumani, 7-mavzesida turar joyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: boʻyi 170 sm, sochi oq, koʻzi kulrang.
Egnida: jigarrang futbolka, kulrang shalvar, qora rangli shippak boʻlgan.
1949 yilda tugʻilgan Shek Antonina Vladimirovna 17 iyul kuni Sergeli tumani, Daryoboʻyi koʻchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: boʻyi 165 sm, oʻrtacha gavdali, sochi jigarrang, qosh koʻzi qora.
Egnida: qizil kofta, qizil yubka va shippak boʻlgan.
Alohida belgilari: koʻzoynakda, kulida xassasi bor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala