Toshkentda bedarak yo‘qolgan 3 kishi qidirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda bedarak yo‘qolgan 3 kishi qidirilmoqda – Toshkent IIBB matbuot xizmati.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Toshkentda bedarak yo‘qolgan 3 kishi qidirilmoqda, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
1966 yilda tug‘ilgan Gilazitdinov Renat Xamzayevich 15-iyun kuni Sergeli tumani, Quyitolariq ko‘chasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo‘yi 160 sm, to‘lachadan kelgan, sochi qora.
Egnida: to‘q ko‘k rangli futbolka, qora rangli shim va qora rangli krossovka bo‘lgan.
1944 yilda tug‘ilgan Xudoba Vladimir 24-iyul kuni Chilonzor tumani, 7-mavzesida turar joyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo‘yi 170 sm, sochi oq, ko‘zi kulrang.
Egnida: jigarrang futbolka, kulrang shalvar, qora rangli shippak bo‘lgan.
1949 yilda tug‘ilgan Shek Antonina Vladimirovna 17-iyul kuni Sergeli tumani, Darobo‘yi ko‘chasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo‘yi 165 sm, o‘rtacha gavdali, sochi jigarrang, qosh ko‘zi qora.
Egnida: qizil kofta, qizil yubka va shippak bo‘lgan.
Alohida belgilari: ko‘zoynakda, kulida xassasi bor.
Yangiliklar lentasi
0