Dunyoda

Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda

© AFP / ILYAS AKENGINLesnoy pojar v Turtsii
Lesnoy pojar v Turtsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda, aholi va turistlar evakuatsiya qilinmoqda.
TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Turkiyada kurort maskani hududlarida uchta yangi oʻrmon yongʻini qayd etildi, deb xabar beradi CNN Turk telekanali.
Bodrumdagi Gyuverdjik aholi punkti, Alanyadagi Aydin va Yenikey viloyatida Didim yonmoqda. Qutqaruvchi va oʻt oʻchiruvchilar u yerga kelishdi.
Marmarisda mahalliy aholi va turistlar evakuatsiya qilindi.
Samolyot, 5ta vertolyot va 30 yongʻin yuk mashinalari oʻtni oʻchirmoqda.
Shuningdek, Antaliya viloyat Akseki tumani, Mersin provintsiyasi Silifk, Adana provintsiyasidagi Karaisali, Osmaniye provintsiyasi Pos va Kayseri provintsiyasidagi Yaxyali hududlarida yongʻin bilan kurashish davom etmoqda.
Soʻnggi ikki kun ichida 13ta hududda 41ta oʻrmon yongʻin sodir boʻldi, ulardan 31 tasi nazoratga olindi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 3 kishi halok boʻldi, 180 kishi jarohatlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala