Dunyoda

Belarusdagi soʻz erkinligi ekstremizm tusiga kirdi - zayavil Lukashenko

© RTAleksandr Lukashenko
Aleksandr Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Lukashenkoning aytishicha, Belarusda soʻz erkinligiga qarshi emas, balki ekstremizm tusiga kirgan soʻz erkinligiga qarshi kurash bormoqda
TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda boshqacha fikrlaydiganlar yoki turli fikrlarga qarshi emas, balki "ekstremistik faoliyat tusiga kirgan soʻz erkinligiga qarshi" kurash olib borilayotgani haqida gapirdi.
Lukashenko bugun, juma kuni mahalliy faollar bilan ijtimoiy-siyosiy vaziyatning dolzarb masalalari boʻyicha uchrashuv oʻtkazmoqda.
Lukashenko nazval vinovnыx v popыtke voyennogo perevorota - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Video
Lukashenko mamlakatda harbiy toʻntarish uyushtirishga kimlar tayyorgarlik koʻrganini aytdi
"Axborot maydonida tartib oʻrnatish boʻyicha tizimli ish yakuniga yetmoqda. Bu yerda bir muhim narsani tushunish kerak: biz boshqacha fikrlaydiganlar yoki turli fikrlarga qarshi kurash olib bormayapmiz. Xudo asrasin. Agar turli fikrlarni kesib tashlayveradigan boʻlsak - davlat tamom boʻladi. Shunchaki, bugun biz himoya qilib kelayotgan soʻz erkinligi ekstremistik faoliyat tusiga kirgan", - deya iqtibos keltiradi Lukashenko soʻzlaridan Belta davlat agentligi.
“Ishtonimgacha titib koʻrishdi”: Lukashenko oʻzi haqidagi filmning "agʻdar-toʻntarini" chiqardi >>>
Prezident soʻzlariga koʻra, hokimiyatni tanqid qilish boshqa, sababi Minsk "hamisha tanqidni adekvat qabul qilgan". "Qonli toʻqnashuvlarga daʼvat qilish va inqilobiy kayfiyatni qoʻllab-quvvatlamaydiganlarni bir yoqli qilish bilan qoʻrqitish esa mutlaqo boshqa masaladir. Ular soxtalashtirilgan maʼlumotlar, kiberhujumlar va shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash orqali muhitni ziddiylashtirish bilan band", - degan Lukashenko.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala