Jamiyat

Bugun Oʻzbekistonga kirib kelish qoidalari qanday – TIV maʼlumoti

© SS0 / Unsplash / Prasesh Shiwakoti (Lomash)PTSR-test na COVID-19, illyustrativnoye foto
PTSR-test na COVID-19, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Oʻzbekistonga kirib kelayotgan barcha fuqarolar 72-soat oldin PZR - test topshirishi kerak. "Sariq" va "qizil" hududlardan kelayotganlar 14 kun karantin saqlashi kerak.
TOSHKENT, 30 iyul – Sputnik. Bugungi pandemiya vaziyatida Oʻzbekistonga kirib kelayotgan yoʻlovchilardan qanday hujjatlar talab qilinadi? Ushbu haqida TIV yana bir bor eslatma berdi.
1.
Havo transporti yoki temir yoʻl orqali kirib kelayotgan shaxslar qatnovga roʻyxatdan oʻtishdan oldin 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda PZR testining manfiy maʼlumotnomasini taqdim etishi kerak. Oʻzbekistonda tan olinadigan PZR test tahlili topshirish mumkin boʻlgan laboratoriyalar roʻyxati bilan quyida tanishish mumkin.
2.
Oʻzbekistonga avtomobil yoʻllari orqali kirib kelayotgan yoʻlovchilar, oʻz mablagʻlari hisobidan, chegara oʻtkazish punktlarida ekspress antigen test topshirishlari kerak. Test natijasi musbat boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston fuqarolari boʻlmagan shaxslar Respublika hududiga kiritilmaydi.
3.
“Sariq” va “qizil” toifaga ajratilgan davlatlardan kirib kelayotgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishda majburiyatnoma toʻldirgan holda, 14 kunga yashash joyi boʻyicha yoki mehmonxonada uy karantinini oʻtashlari talab etiladi.
4.
Sayyoh sifatida kelayotgan chet el fuqarolari, zarurat boʻlganda, xizmatini koʻrsatish shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan vaucher taqdim qilishi kerak boʻladi.
5.
Oʻzbekistonga “sariq” va “qizil” davlatlardan mustaqil tashrif buyurayotgan turistlar (turoperator xizmatlaridan foydalanmasdan) umumiy tartibda kirib kelishi belgilangan.
6.
Chegarada topshirilgan test natijalari musbat chiqqanda xorij fuqarolari oʻz mamlakatiga qaytib ketish masalasi shu kundagi muayyan aviakompaniya yoki boshqa transport kompaniyalarining yoʻlovchilarni tashish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun bugungi kunda Oʻzbekistonda koronavirus va pandemiyaga chalinish holatlari kun sayin yangi rekord oʻrnatmoqda. Soʻnggi sutka davomida (29 iyul) 897 kishida koronavirus va 546 nafar fuqaroda pandemiya aniqlangan. Respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 128 403 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala