Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng mashhur bo‘lgan "BelAZ"chiga prezident sovg‘asi topshirildi

© Press-slujba xokimiyata Tashkentskoy oblastiVoditelyu BelAZa vruchili prezidentskiy podarok
Voditelyu BelAZa vruchili prezidentskiy podarok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari "BelAZ" haydovchisiga prezident bilan birga tushgan suratni sovg‘a qilgan.
TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Kuni kecha, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan "BelAZ" haydovchisi Aziz Yusupovga prezident nomidan sovg‘a topshirildi.
Yusupovga sovg‘ani Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati Hamza Jumayev topshirdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
© Press-slujba xokimiyata Tashkentskoy oblastiVoditelyu BelAZa vruchili prezidentskiy podarok
Voditelyu BelAZa vruchili prezidentskiy podarok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2021
Voditelyu BelAZa vruchili prezidentskiy podarok
"Kuni kecha prezidentimiz hamsuhbat bo‘lgan Aziz Yusupovni bugun butun respublika tanidi. Ijtimoiy tarmoqda bu holat turli muhokamalarga sabab ham bo‘ldi. Ochig‘i, shu "belazchi" yigitga havasim keldi. Xuddi shunaqa rasm menda yo‘qligi ozgina alam ham qildi. Lekin, uni topshirishning ham yoqimli gashti bor ekan", - deydi Hamza Jumayev.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari "BelAZ" haydovchisiga prezident bilan birga tushgan suratini sovg‘a qilgan.
Yangiliklar lentasi
0