MSK Siyosiy partiyalarning vakolatlari vakillarini ro‘yxatga oldi

© Press-slujba SIK UzbekistanaSIK vruchil mandati upolnomochennim predstavitelyam pati politicheskix partiy
SIK vruchil mandati upolnomochennim predstavitelyam pati politicheskix partiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2021
Obuna bo‘lish
Vakolatli vakillar imzo varaqalarini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi 29-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etayotgan beshta siyosiy partiyalarning vakolatli vakillarini ro‘yxatga oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Xususan, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi rahbarlari tavsiya etgan vakolatli vakillarning tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqib, ularni vakillarni ro‘yxatga olish va guvohnoma (mandat)ni berish haqida qaror qabul qilindi, - deyilgan xabarda.
V Tashkente sostoyalas prezentatsiya logotipa prezidentskix viborov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2021
Mashhur "galochka" va bayroq ranglari: MSK prezident saylovlari logotipini taqdim etdi
Ma’lumot uchun, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillarini tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 34-moddasida belgilangan. Vakolatli vakillar saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Siyosiy partiya vakolatli vakilining vakolat muddati saylov yakunlari to‘g‘risidagi axborot matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran tugagan hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0