O‘zbekistonda BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi kuchga kirdi

© CC0 / Unsplash / Steven HWGJenshina v invalidnom kresle
Jenshina v invalidnom kresle - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2021
Obuna bo‘lish
BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi XXI asrda qabul qilingan inson huquqlari to‘g‘risidagi birinchi shartnomadir. 2021-yil fevral holatiga ko‘ra, BMTning 192 a’zo-davlatidan 182 tasi ushbu xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilgan.
TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. 2021 yil 28-iyulda BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati
BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari tengligi, ayniqsa, ayollar va bolalarning ta’lim olishi, salomatligini saqlashi, mehnat qilishi, o‘zi va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega bo‘lishining huquqiy kafolatlarini belgilovchi xalqaro-huquqiy hujjat. Mazkur Konvensiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2006-yil 13-dekabrda qabul qilingan va 2008-yil 3-mayda kuchga kirgan.
O‘zbekistonda kam ta’minlanganlar, nogironlar, yoshlar, ayollar va qariyalarni ijtimoiy himoya qilish inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Rabota spetsializirovannoy shkoli dlya slepix i slabovidashix detey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2020
"Atrof-muhit bizni nogiron qilib qo‘yapti" - ko‘zi ojizlar jamiyati vakili
Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan noyob tajriba qo‘llanildi. Ya’ni, xalqaro-huquqiy hujjat dastlab milliy qonunchilikka implementatsiya qilinib, shundan keyin ratifikatsiya qilindi.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida nogironlarning ijtimoiy himoyasi va tengligini kafolatlaydigan bir qator qonunlar qabul qilindi. 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun nogironlarning huquqlarini belgilaydigan asosiy qonun hujjati hisoblanadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini jamiyat hayotining siѐsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarida himoya qilish asosida qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar insonni, shu jumladan nogironligi borligi tufayli kamsitmaslik prinsipi yotadi. Bu borada nafaqat davlat tuzilmalari, balki fuqarolik jamiyati institutlari ham faollik ko‘rsatayotgani juda muhim.
Velikoreskiy krestniy xod v Kirovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2019
Nogironligi bo‘lgan sayyohlarga alohida e’tibor beriladi
Bugungi kunda mamlakatda nogironlik sohasida 600 ga yaqin nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ular orasida O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar jamoat fondi, O‘zbekiston Nogiron ishbilarmon ayollar milliy assotsiatsiyasi, Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi, O‘zbekistondagi falaj nogiron bolalar va o‘smirlarga yordam berish "Umr" jamoatchilik markazi, "Inklyuziv hayot" nogironlar jamoat birlashmasi, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati kabi NNTlar bor. Ushbu nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari Konvensiyani ratifikatsiya qilishda faol ishtirok etdi.
Hujjatning ratifikatsiya qilinishi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish sohasida zamonaviy usullar va xalqaro standartlarni joriy etishga, Konvensiyaning asosiy qoidalarini amalga oshirishga, shuningdek Barqaror rivojlanish maqsadlarining "Hech kimni ortda qoldirmang" tamoyilini amalga oshirishga yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0