Pandemiya: 1400dan ziyod kovid va pnevmoniya, 7 kishi vafot etdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix s COVID-19 v GKB №52
Lechenie bolnix s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda sutka davomida 897 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 128 403 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 897 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 128 403 nafarni tashkil qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev posetil  mestorojdenie Yoshlik-1 Almalikskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2021
Olmaliqda kelgusi haftadan "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi - prezident
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (90), Andijon viloyatida (34), Buxoro viloyatida (14), Jizzax viloyatida (95), Qashqadaryo viloyatida (25), Navoiy viloyatida (14), Namangan viloyatida (41), Samarqand viloyatida (92), Sirdaryo viloyatida (27), Surxondaryo viloyatida (98), Farg‘ona viloyatida (82), Xorazm viloyatida (36), Toshkent viloyatida (114), Toshkent shahrida (135) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida 546 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 122 368 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.

O‘lim holatlari

7 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 866 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 195,9 milliondan oshdi, 4,1 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (34,6 mln), Hindistonda (31,5 mln), Braziliyada (19,7 mln).
Yangiliklar lentasi
0