Jamiyat

Pandemiya: 1400dan ziyod kovid va pnevmoniya, 7 kishi vafot etdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishLecheniye bolnыx s COVID-19 v GKB №52
Lecheniye bolnыx s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Oʻzbekistonda sutka davomida 897 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 128 403 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Sutka davomida 897 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 128 403 nafarni tashkil qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev posetil  mestorojdeniye Yoshlik-1 Almalыkskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Jamiyat
Olmaliqda kelgusi haftadan "Sputnik V" vaktsinasini ishlab chiqarish boshlanadi - prezident
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (90), Andijon viloyatida (34), Buxoro viloyatida (14), Jizzax viloyatida (95), Qashqadaryo viloyatida (25), Navoiy viloyatida (14), Namangan viloyatida (41), Samarqand viloyatida (92), Sirdaryo viloyatida (27), Surxondaryo viloyatida (98), Fargʻona viloyatida (82), Xorazm viloyatida (36), Toshkent viloyatida (114), Toshkent shahrida (135) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida 546 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 122 368 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.

Oʻlim holatlari

7 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 866 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 195,9 milliondan oshdi, 4,1 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (34,6 mln), Hindistonda (31,5 mln), Braziliyada (19,7 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader