Siyosat

Rossiya harbiylari “Termiz” poligonida jamlanmoqda

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishVoyenno-transportnыy samolet VKS Rossii Il-76 MD s meditsinskim oborudovaniyem, prednaznachennыm dlya borbы s virusom COVID-19, sovershayet vыgruzku na italyanskoy aviabaze "Praktika-li-Mare"
Voyenno-transportnыy samolet VKS Rossii Il-76 MD s meditsinskim oborudovaniyem, prednaznachennыm dlya borbы s virusom COVID-19, sovershayet vыgruzku na italyanskoy aviabaze Praktika-li-Mare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Rossiya - Oʻzbekiston qoʻshma harbiy oʻquv mashqlarida 1,5 mingga yaqin harbiylar ishtirok etishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Rossiya harbiylari harbiy oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga kela boshlashdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Markaziy harbiy okrug (qoʻmondonligi.
Harbiy oʻquv-mashgʻulotlar avgust oyining boshida Afgʻoniston chegarasi yaqinidagi “Termiz” poligonidan boʻlib oʻtadi.
“Rossiya va Oʻzbekiston harbiy kuchlarining qoʻshma oʻquv-mashqlarida ishtirok etish uchun, Markaziy harbiy okrug tinchlikparvar kuchlarining maxsus boʻlinmalari Surxondaryo viloyatidagi “Termiz” poligonida jamlana boshladi”, - deyilgan xabarda.
Samarakning "Kurumoch" aeroportila Rossiya harbiylari kerakli qurol-aslaha va buyumlarini Il-76 harbiy transport samolyotlariga yuklab, barcha bojxona jarayonlarini rasmiylashtirib, Termizga uchib ketishdi.
Harbiy mashgʻulotlarning amaliy qismi bugun boshlanadi. Askarlar markaziy Osiyo hududining yaxlitligini taʼminlashga qaratilgan oʻquv-mashqlarini bajarishadi, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi oy davomida AQSH qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqilganidan soʻng, qoʻshni davlatda vaziyat keskin yomonlashdi. Tolibon* kuchlari hukumat qoʻshinlariga hujum qilib, tobora kengroq hududlarni egallab olmoqda. Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston harbiylari Afgʻonistonda jangovar harakatlar turli stsenariylar boʻyicha rivojlanish ehtimoliga qarshi harbiy oʻquv-mashqlar oʻtkazishmoqda.
* - Rossiya va boshqa davlatlarda taʼqiqlangan radikal harakat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala