Rossiyalik bloger Ilya Varlamov Toshkentda: u Rasul Kusherbayev bilan uchrashdi

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Mediabankka o‘tish"NeForum" blogerov v Moskve
NeForum blogerov v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyalik taniqli bloger Ilya Varlamov Toshkentga keldi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Rossiyalik taniqli bloger Ilya Varlamov Instagram sahifasida Toshkent markaziy ko‘chalarida suratga olgan rasm va videolarni joylashtirdi.
XIX Vsemirniy festival molodeji i studentov. Diskussionnaya programma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2020
"41-razmer krossovka": DBQ bloger Ilya Varlamov videosi bo‘yicha munosabat bildirdi
Jurnalist O‘zbekistonga bir necha kun oldin keldi va poytaxt metrosidan foydalanishga ulgurdi. Shuningdek, Islom Karimov haykali oldiga borib, aholi bilan suhbatlashdi.
Varlamov akkauntidagi rasmlarga qaraganda, u toshkentliklarning turmush tarzini kuzatib, shahar ko‘chalarini o‘rganmoqda.
Shuningdek, rossiyalik bloger deputat Rasul Kusherbayevdan intervyu olgani ham ma’lum. Bu haqda deputat Telegram-kanal orqali ma’lum qildi.
Blogerni Toshkentga kelishning sababi hozircha noma’lum. Ta’kidlanishicha, u O‘zbekiston haqida navbatdagi loyiha ustida ishlamoqda, tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil qish mavsumida taniqli rossiyalik bloger urbanist Ilya Varlamov Samarqandga tashrif buyurib, uning sayyohlik infratuzilamasidan qoniqmagandi.
Varlamovning so‘zlariga ko‘ra, “Jivoy jurnal”da uning Samarqandga sayohati haqida maqola nashr etilishidan bir kun o‘tib, shaharda “ish qaynab ketgan”. Amaldorlar bloger kezgan joylarda bo‘lib, u tanqid qilgan kamchiliklarni tuzatishgan.
“Bir tarafdan, bu juda ajoyib. Tanqidga yaxshi va to‘g‘ri munosabat. Boshqa tarafdan, shahar bo‘ylab juda yuzaki sayr qilganimdan xijolatdaman. Agar o‘zbek amaldorlari kamchiliklarini shunchalik tezkor isloh qila olishlarini bilganimda, tomoshaga jiddiyroq yondoshgan bo‘lardim. Umuman olganda, bu mendagi kamchilik. Uzr so‘rayman”, - deya yozgan Ilya Varlamov.
Yangiliklar lentasi
0