Jamiyat

Rossiyalik bloger Ilya Varlamov Toshkentda: u Rasul Kusherbayev bilan uchrashdi

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Fotobankka oʻtish"NeForum" blogerov v Moskve
NeForum blogerov v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Rossiyalik taniqli bloger Ilya Varlamov Toshkentga keldi.
TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Rossiyalik taniqli bloger Ilya Varlamov Instagram sahifasida Toshkent markaziy koʻchalarida suratga olgan rasm va videolarni joylashtirdi.
XIX Vsemirnыy festival molodeji i studentov. Diskussionnaya programma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2020
Jamiyat
"41-razmer krossovka": DBQ bloger Ilya Varlamov videosi boʻyicha munosabat bildirdi
Jurnalist Oʻzbekistonga bir necha kun oldin keldi va poytaxt metrosidan foydalanishga ulgurdi. Shuningdek, Islom Karimov haykali oldiga borib, aholi bilan suhbatlashdi.
Varlamov akkauntidagi rasmlarga qaraganda, u toshkentliklarning turmush tarzini kuzatib, shahar koʻchalarini oʻrganmoqda.
Shuningdek, rossiyalik bloger deputat Rasul Kusherbayevdan intervyu olgani ham maʼlum. Bu haqda deputat Telegram-kanal orqali maʼlum qildi.
Blogerni Toshkentga kelishning sababi hozircha nomaʼlum. Taʼkidlanishicha, u Oʻzbekiston haqida navbatdagi loyiha ustida ishlamoqda, tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil qish mavsumida taniqli rossiyalik bloger urbanist Ilya Varlamov Samarqandga tashrif buyurib, uning sayyohlik infratuzilamasidan qoniqmagandi.
Varlamovning soʻzlariga koʻra, “Jivoy jurnal”da uning Samarqandga sayohati haqida maqola nashr etilishidan bir kun oʻtib, shaharda “ish qaynab ketgan”. Amaldorlar bloger kezgan joylarda boʻlib, u tanqid qilgan kamchiliklarni tuzatishgan.
“Bir tarafdan, bu juda ajoyib. Tanqidga yaxshi va toʻgʻri munosabat. Boshqa tarafdan, shahar boʻylab juda yuzaki sayr qilganimdan xijolatdaman. Agar oʻzbek amaldorlari kamchiliklarini shunchalik tezkor isloh qila olishlarini bilganimda, tomoshaga jiddiyroq yondoshgan boʻlardim. Umuman olganda, bu mendagi kamchilik. Uzr soʻrayman”, - deya yozgan Ilya Varlamov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader