Jamiyat

Taʼlim kreditini ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. “Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
PTSR-test na COVID-19, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Jamiyat
Bugun Oʻzbekistonga kirib kelish qoidalari qanday – TIV maʼlumoti
Qarorga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan respublikadagi barcha oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda:
- tijorat banklari taʼlim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;
- taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
Ruki na klaviature - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Iqtisod
Aholining kredit olish uchun arizalari yagona elektron platforma orqali qabul qilinadi
- taʼlim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan taʼlim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tashkil etildi.
Jamgʻarmaga 2021 yilda kamida 1 trillion soʻm, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablagʻlar ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala