Toliblar Afg‘oniston HHK hujumi ostida katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda

© AP Photo / Muhammed MuheisenVoorujennie lyudi v Afganistane
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston g‘arbi - Hirot provinsiyasidagi janglarda toliblar katta yo‘qotishlarga duch kelishmoqda.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. So‘nggi sutka davomida Afg‘oniston HHK "Tolibon" (Rossiyada ta’qiqlangan) harakatining ellikdan ortiq jangarilarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Afg‘oniston mudofaa vazirligi matbuot-markazi.
""Hirot provinsiyasining Guzara, Karux va Siavashan uyezdlariga jangarilar hujumlarini qaytarish davomida hukumat kuchlari tomonidan jangovar aviatsiya ko‘magida 52 tolib o‘ldirildi va yana 47 tasi yaralandi", - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi ko‘plab qurol-yaroq, o‘q-dorilar va texnikalar yo‘q qilinganligini xabar qilmoqda.
27 iyulya 2021 goda Spetsialniy predstavitel Prezidenta Respubliki Uzbekistan po Afganistanu Ismatulla Irgashev provel vstrechu s Chrezvichaynim i Polnomochnim Poslom Rossiyskoy Federatsii Olegom Malginovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
O‘zbekiston va Rossiya Afg‘oniston yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi
Idora xabariga ko‘ra, og‘ir yo‘qotishlarga qaramay, jangarilar avvalgidek mamlakat g‘arbidagi uyezdlar ustidan yo‘qotilgan nazoratni qaytarishga urinishlardan voz kechmayapti.
Hirot hokimiyatining xabariga ko‘ra, toliblar Karux uyezdiga hujum uyushtirish uchun qo‘shni provinsiyalardan o‘z tarafdorlarini to‘plashgan.
Bu uyezd Afg‘oniston hukumat kuchlari tomonidan 23-iyul kuni toliblardan tortib olingan va o‘sha vaqtdan buyon jangarilar uni o‘z nazorati ostiga olish bo‘yicha harakatlarni to‘xtatmayaptilar.
Voyenno-transportniy samolet VKS Rossii Il-76 MD s meditsinskim oborudovaniyem, prednaznachennim dlya borbi s virusom COVID-19, sovershayet vigruzku na italyanskoy aviabaze Praktika-li-Mare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2021
Rossiya harbiylari “Termiz” poligonida jamlanmoqda
Afg‘oniston milliy armiyasi 207 "Zafar" korpusi qo‘mondoni Xayal Nabiy Axmadzay o‘z vazifalariga terroristik hujumlarni jilovlash, jinoyatchilikning oldini olish va Hirot xavfsizligini ta’minlash singari masalalar kirishini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0