Jamiyat

Toshkentda 1 avgustdan bir qancha avtobus yoʻnalishlari oʻzgartiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOstanovka obщestvennogo transporta v Tashkente
Ostanovka obщestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Yoʻnalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari boʻyicha 2021 yil 1 avgustdan boshlab, 5 ta avtobus yoʻnalishlari harakati qisqartiriladi
TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Toshkentdagi bir qancha avtobus yoʻnalishiga oʻzgartirish kiritilib, yangilari tashkil etiladi, deya xabar bermoqda "Toshshahartransxizmat".
Xabarga koʻra, 2021 yil 1 avgust kunidan boshlab, "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan 7 ta avtobus yoʻnalishlari harakatini qisqartirish, 2 ta yangi yoʻnalish ochish, 2 ta yoʻnalish harakatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida maʼlumot berilgan edi.
Harakat yoʻnalishi qisqartirilishi rejalashtirilgan 56, 82, 103-sonli avtobus yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlarni oʻtkazish zaruriyati yuzaga kelayotgani sabab, ushbu yoʻnalishlar harakati vaqtinchalik oʻzgartirishsiz qoldiriladi.
Novыe avtobusы Isuzu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan “ISUZU” avtobuslari Bishkek koʻchalarida qatnay boshladi
Bundan tashqari, oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari boʻyicha 2021 yil 1 avgust kunidan boshlab, 41, 32, 59-sonli avtobus yoʻnalishlari harakatiga ham qisman oʻzgartirishlar kiritiladi.
Jumladan:
32-sonli Sergeli 6-a dahasi–Gulobod koʻchasi avtobus yoʻnalishining Erkin mavzesiga harakatlanishi qisqartiriladi va ushbu yoʻnalishning Sergeli 6-a mavzesidan harakatlanishi Yangi Choshtepa mavzesi orqali tashkil etiladi.
41-sonli Chilonzor 25-dahasi–Yangi Choshtepa mavzesi avtobus yoʻnalishining Yangi Choshtepa mavzesidan Chilonzor buyum bozorigacha boʻlgan oraliqdagi harakati qisqartiriladi. Endilikda 41-sonli yoʻnalish Chilonzor 25-dahasi–Chilonzor buyum bozori oraligʻida 5 ta jadval asosida harakatlanadi.
Mashina i peshexod v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2021
Jamiyat
Toshkentda oʻndan ortiq koʻchada qoʻshimcha harakat yoʻnalishlari ochiladi
Maʼlumot uchun, Yangi Choshtepa mavzesi aholisi uchun yoʻlovchi transporti xizmatlaridan foydalanishdagi uzilishlarning oldini olish maqsadida, 1 avgust kunidan ushbu mavzega 32 va 86-sonli avtobus yoʻnalishlari harakati yoʻlga qoʻyiladi.
59-sonli Sergeli 12-dahasi–Karvon bozori avtobus yoʻnalishining soʻnggi bekati Sergeli 12-dahasi bekatidan Doʻstlik 2-mavzesi avtoshohbekatiga oʻzgartiriladi. Endilikda 59-sonli yoʻnalish Doʻstlik 2-mavzesi–Karvon bozori oraligʻida harakatlanadi.
Yoʻnalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari boʻyicha 2021 yil 1 avgustdan boshlab, 5 ta avtobus yoʻnalishlari harakati qisqartiriladi, 4 ta avtobus yoʻnalishlarining harakatiga oʻzgartirish kiritiladi, 1 ta yangi avtobus yoʻnalishi tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala