Kolumnistlar

Xitoy yangi zombilardan oʻzini himoya qilishni istaydi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishAktsii protesta za demokratizatsiyu vыborov v Gonkonge
Aktsii protesta za demokratizatsiyu vыborov v Gonkonge - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Hech kim tashqi dunyodan “temir parda” ortida yashirinib olishni istamaydi, lekin har bir davlat oʻzining sogʻlom taʼlim tizimiga ega boʻlish huquqiga ega.
TOSHKENT, 30 iyul – Sputnik. Yaqinda Xitoy xususiy taʼlim sohasida yangi tartib oʻrnata boshladi va darhol Gʻarb tanqidi ostida qoldi: Bloomberg agentligi mualliflaridan biri Pekinni darhol “kompartiya diktaturasi” va “demokratiyani siqish”da ayblay boshladi. Umuman, buning hayron qolarli joyi yoʻq, ular Xitoyni har doim ayblab kelishgan, u yerda qanday voqea sodir boʻlishidan qatʼiy nazar.

Aslida Xitoy qanday islohot oʻtkazmoqda?

Birinchi navbatda – bu juda katta mablagʻ masalasi. Xitoyda yuqori texnologiyalar sohasida xususiy taʼlim bozori hajmi 100 milliard dollarga teng deb baholangan. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan korxonalar 2024 yilga kelib 76 milliard dollar daromad olishi prognoz qilinmoqda. Xitoyda xususiy taʼlim – bu soʻzsiz yirik biznes va bu sohada koʻplab yirik xorijiy kompaniyalar ham ishtirok etmoqda.
© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtish

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari - Sputnik Oʻzbekiston
1/3

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtish

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari - Sputnik Oʻzbekiston
2/3

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari

© AFP / Dale de la Rey

Gonkongdagi norozilik namoyishlari

Gonkongdagi norozilik namoyishlari - Sputnik Oʻzbekiston
3/3

Gonkongdagi norozilik namoyishlari

1/3

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari

2/3

Gonkongda Occupy Central norozilik namoyishlari

3/3

Gonkongdagi norozilik namoyishlari

Masalan Gonkong birjasida 20 ta taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalar bor. Ularning aktivlarining umumiy hajmi 24 milliard dollarni tashkil qiladi. Hukumatning yangi qaroridan soʻng – ushbu kompaniyalar aktsiyalari pastga quladi. Yaʼni yangi qonun xususiy taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan xorijiy biznesga jiddiy zarba berdi. Va albatta bu zarba bejizga berilgani yoʻq.
Masalani chuqurroq oʻrganib chiqqanda, aslida nima boʻlayotganini, birinchi navbatda, bu “avtoritar rejimning oʻzga madaniyatlarga qarshi kurashi” emasligini tushunsa boʻladi. Bu yerda birinchi navbatda boshqa qadriyatlar oʻrin olgan.
Xitoy Davlat kengashi (Hukumat) tomonidan qabul qilingan qonunlarning ikkita asosiy jihati haqida qoʻyida batafsil aytib oʻtmoqchimiz.
Birinchidan, bundan buyon bolalarga taʼlim berishda dam olish kunlari, kanikullar va kechki vaqtdan foydalanish qatʼiy taʼqiqlanadi. Shuningdek olti yoshdan yosh bolalarni nazoratsiz va cheksiz oʻqitish taʼqiqlanadi.
Ushbu choralar qabul qilinishi sabablari bilan qiziqsak, xitoy, yapon va boshqa osiyo jamiyatlarida mavjud bir muammoni payqash mumin. Bu yerda aksariyat ota-onalar oʻz farzandlariga imkon qadar ertaroq va imkon qadar koʻproq bilim berishga harakat qilishadi. Soʻnggi vaqtlarda bunday “ilmga tashnalik” jamiyatda koʻplab noxush holatlarga sabab boʻlayotgani aniqlangan.
Stranы mira. Kitay  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2020
Siyosat
"Zarbalar almashinuvi". Mutaxassis Xitoyning Gonkong tufayli AQShga qarshi choralari haqida
Taʼkidlash joizki, butun xitoy tsivilizatsiyasi (va qoʻshni madaniyatlar ham) anʼanaviy ravishda ilm olishga ga juda yuqori hurmat bilan qaraydi. Nafaqat gumanitar bilim balkim boshqa sohalarda ham. Tarixdan ham maʼlumki, 19-asrdan boshlab xitoy migrantlari qayerga bormasin, birinchi ishlab topgan puliga bolalariga taʼlim berish anʼana boʻlgan. Xuddi shunday fenomen 1980 yillarda boshlangan Xitoy taʼlim islohotlarida ham aks etgan edi. Ehtimol shu sababdan bir vaqtlar qoloq va qashshoq boʻlgan Xitoy, bugun texnologik yetakchi davlatga aylangan.
Lekin tinimsiz oʻqitishdan jamiyatning yosh qatlami orasida turli ijtimoiy-tibbiy muammolar hem kelib chiqmoqda. Xususan, Xitoy va Yaponiyada va yana ayrim boshqa Osiyo davlatlarida haddan ortiq “taʼlim”dan qiynalib ketgan maktab oʻquvchilari orasida oʻz-oʻzini oʻldirish holatlari keskin ortgani kuzatilmoqda. Ommaviy taʼlimning mana shunday asoratlari ham Hukumat nazaridan chetda qolgani yoʻq.
Ikkinchidan, bu yerda albatta siyosat ham aralashgan. Malasan, musiqa, sanʼat va yuqori texnologiyalar sohalarida faoliyat yuritayotgan taʼlim biznesi – yangi qonundan hech qanday zarar koʻrmaydi. Lekin maktab taʼlimi sohasiga aralashishni istayotgan xususiy biznes - jiddiy nazorat ostiga tushadi. Xorijiy kompaniyalar bundan buyon ushbu sohaga kiritilmaydi.
Bugungi kunda maktab va universitet taʼlimi – bu nafaqat shunchaki siyosat, balkim global fuqarolar urushida ayni jang maydoniga aylangan.
Quyida amerikalik olimlardan birining soʻzlarinia keltiramiz:
"Maʼlumki soʻnggi 40 yilda AQSH universitetlari nafaqat mavjud hukumatga qarshi kurash markazlariga, aksariyat hollarda antikonstitutsion markazlarga aylandi. Ularga tegishga hech kim jurʼat eta olmasdi, chunki bu misli “oltin tuxum tugʻuvchi tovuq” edi. Talabalarga federal darajada taʼlim kreditlari berish avj oldi, lekin buning oqibatida taʼlim narxi osmonlarga chiqib ketdi, lekin berilayotgan taʼlim uchun hech kim javobgar boʻlmay qoldi.
Goroda mira. Pekin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2020
Siyosat
Hoziroq bas qiling. Xitoy chetdan turib Gonkong ishlariga aralashmaslikni talab qilmoqda
Amerika jamiyatida har qanday nufuzli OTMning diplomi muvaffaqiyatli hayot yoʻllanmasiga aylandi. Lekin, bizningcha, yaxshi oʻqitilmagan kadrlarga oʻng va soʻlga “diplom tarqatish” misli hayvonlarga tamgʻa bosishdek gap...
Bugungi kunda kadrlarning akademik muvaffaqiyatlari tobora kam ahamiyatga ega boʻlib bormoqda... Shu oʻrinda jamiyatda oʻz-oʻzidan savollar paydo boʻlmoqda, nima sababdan biz talabalik kreditlariga subsiya berishimiz kerak? Nima sababdan taʼlim sohasiga qilinayotgan milliardlab investitsiyalar soliqdan ozod qilinishi kerak? Nega sotsiologiya yoki gender tenglik yoki boshqa har qanday sohadar kadr tayyorlash bu “kelajakka investitsiya” hisoblanishi kerak?
Ushbu soʻzlar muallifi amerika konservatorlaridan biri Viktor Devid Xansen. U uzoq vaqtdan beri Amerika va Gʻarbda hayotning ayrim sohalari gʻayritabiiy ravishda chatishib ketganiga eʼtibor qaratadi. Xususan, global siyosat, mafkura va yirik biznes - taʼlim, tibbiyot, sanʼat va boshqa koʻplab sohalar ichiga chuqur kirib olgani qayd etiladi.
Bunday “mafkuraviy urush” vaqtida nafaqat Xitoy, balkim har qanday oʻz qadrini bilgan davlat oʻz hududiga “xorijiy investitsiyalar” orqali kirib kelishi mumkin boʻlgan “zombilik virusni” toʻxtatib qolishni istaydi. Ayniqsa bugun emas ertaga portlaydigan “minalar” qoʻyish imkoni keng boʻlgan taʼlim sohasida.
Oldin Xitoyda har qanday sohaga investitsiya kirituvchi xorijiy sarmoyador uchun toʻsiq deyarli yoʻq edi. Lekin ana shunday sarmoyalar oqimi daryo boʻlib kirib kelgan Gonkongdagi universitetlar esa – kerakli vaqtda - revolyutsiya shtablariga aylandi. Revolyutsiyani esa – asosan talabalar uyushtirdi...
Albatta, hech kim tashqi dunyodan “temir parda” ortida yashirinib olish tarafdori emas, lekin har bir davlat oʻzining sogʻlom taʼlim tizimiga ega boʻlish huquqiga ega.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala